O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Mavzu: SITOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA TARIXI



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mavzu: SITOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA TARIXI
 
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi:
 talabalarda sitologiya fanining mazmuni, 
rivojlanish  tarixi,  vazifasi,  hujayra  nazariyasining  yaratilishi  va  uning  mazmuni 
haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. 
Mashg’ulotning  tarbiyaviy  maqsadi
:  talabalarning  mashg’ulot  mazmunini 
mustahkamlash  orqali,  ularning  ilmiy  dunyoqarashini  rivojlantirish,  talabalarning 
kasbiy tayyorgarligini orttirish. 
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi
: talabalarning sitologiya fanining 
predmeti,  rivojlanish  tarixi  haqidagi  bilimlarini,  ijodiy  va  mantiqiy  fikr  yuritish 
ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Mashg’ulot  jihozlari
:  Antonio  van  Levenguk,  Robert  Guk,  Yan  Purkine, 
Matias Shleyden, Teodor Shvann portretlari, Robert Guk yaratgan birinchi mikros-
kop tasviri. 
Sitologiya  -  hujayralarning  taraqqiyoti,  tuzilishi  va  faoliyatini  o'rganadi.  Bu 
fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. 
Hujayra  -barcha  tirik  organizmlarning  takomillashishi,  rivojlanishi,  tuzilishi 
va yashash jarayonining asosi bo'lib hisoblanadi. 
Tirik organizmning hayotiy jarayonlari: moddalar almashinuvi va organizmni 
tashqi muhit bilan bog’lab turish hujayraning asosiy xususiyatidir. 
Sitologiya fanining asosiy vazifasi - hujayraning tuzilishi, vazifasi, moddalar 
almashinuvi  jarayonini,  rivojlanishi,  ko'payishi  va  kelib  chiqishini  tashqi  muhit 
munosabatiga bog’langan holda o'rganish.  
Bo'lajak  biologlar  tirik  organizmlarning  xususiyatlarini  ochib  beruvchi  juda 
ko'p  fanlarni  o'rganadi.  Har  bir  tirik  organizmning  asosiy  tuzilish  birligi  hujayra 
ekan, biz o'rganadigan sitologiya ana shu hujayralar to'g’risida bo'lib, biologiya so-
hasiga tegishli boshqa fanlar bilan bevosita bog’liqdir. Ayniqsa gistologiya, embri-
ologiya,  anatomiya,  fiziologiya,  biokimyo,  biofizika,  genetika  va  molekulyar  bi-
ologiya fanlari bilan uzviy bog’liqdir. 
Sitologiyani  o'rganish  va  sitologik  o'rganish  usullarning  natijalari  tibbiyot, 
qishloq  xo'jaligi,  biotexnologiya,  gen  injeneriyasi  va  veterinariya  sohalarida  keng 
ko'lamda qo'llaniladi. 
Odam  organizmi  ham  hujayralardan  tuzilgan  ekan,  barcha  fiziologik, 
patologik jarayonlarni o'rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasalliklar-
ni  aniqlashda,  har  bir  hujayraning  faoliyatini  hisobga  olish  zarur.  Qishloq  xo'jalik 


 

ekinlari va hayvonlarini o'rga-      nishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi 
nav  va  zotlarini  yaratishda  bevosita  hujayralardagi  jarayonlar  asos  bo'lib  hisobla-
nadi. Albatta, bu borada genetika va seleksiya asoslari fanidan foydalaniladi. Umu-
man  olganda  sitologiya  fanini  xalq  xo'jaligi  tarmoqlarini  rivojlantirishdaga 
ahamiyati  kattadir.  Shu  sababli  ham  bu  fan  asosida  molekulyar  biologiya,  bio-
texnologiya, gen injeneriyasi, genomika kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda. 
Sitologiya fani o'z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo'yadi:  
1-hujayralarning ultrastrukturasi, vazifasi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish; 
2-o'simlik,  hayvon  va  odam  organizmining  sitologik  tuzilishidagi  ekologik  sha-
roitga va yoshga bog’liq o'zgarishlarni o'rganadi;  
3-  hujayralardagi  morfogenez  jarayonlarni  boshqarishda  nerv,  endokrin  va  immun 
tizimlarining ahamiyatini aniqlashtiradi;  
4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta'sirida tirik organizm hujay-
ralarinin moslanishuvini, o’zgarishlarni taxlil qiladi; 
5- hujayralarning differentsiyalanish va regeneratsiyasi qo’nuniyatlarini o'rganadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə