O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

fagositoz, pinositoz

Fagositoz hujayrani yirik molekulalarni qamrab olib yutishi. Bu hodisani bi-
rinchi  bo'lib  rossiyalik  olim  I.I.Mechnikov  ta'riflagan.  Pinositoz  yaqingacha  suv 
molekulalarining  kirishi  deb  qaralgan,  lekin  aniqlanishicha  uncha  katta  bo'lmagan 
molekulalarning  o'tishi  ekan.  ATF sarfi  bilan  boradi.  Avval  modda  membrana  yu-
zasida  sorbsiyalanadi  (qisman  so'riladi),  bunda  ularni  membrana  yuzasida  ushlab 
qolishda  glikokaliks  rol o'ynaydi, so'ng  membrananing  shu  joyi  botib kira  boshlab 
oxirida  membrana  uchlari  birikib  modda  ichkariga  kiradi.  Hujayra  ichida  pufak-
chalar  bir-biri  bilan  qo'shilib  yirik  molekulalarni  hosil  qiladi,  ularning  atrofida 
gidrolaza fermentlari (lizosomada) hosil bo'lib hazm jarayonlari boshlanadi. 
Pinositoz  so'rish  jarayonlari  boradigan  hujayralarda  ko'p  uchraydi.  Masalan: 
ichak  epiteliysi  hujayralari  pinositoz  pufakchalariga  boy  bo'ladi.  O'simlik  hujay-
rasida  fagositoz  kuzatilmaydi,  chunki  o'simlik  hujayrasi  yuzasidagi  sellyuloza  va 
pektindan iborat qattiq qobiq bunga to'sqinlik qiladi. Pellikula qobiqi bilan o'ralgan 
bir hujayrali organizmlarda fagositoz og’zi atrofida bo'ladi. 
Plazmatik memebrana hujayradan moddani chiqarishda ishtirok etadi – bu ja-
rayon 
ekzositoz
 deb ataladi. Hujayra ichida moddalar vakuolalar bilan o'ralib mem-
branaga yaqinlashib tashqariga chiqariladi. 
Plazmatik  memebrananing  retseptorlik  vazifasi  uning  ustida  tanib  olish 
xususiyatiga  ega  bo'lgan  tuzilmalar  bo'lishi  bilan  bog’liq.  Bularga  membrana  yu-
zasidagi periferik oqsillar va glikokaliks bo'laklari kiradi. Hujayra retseptorlarining 
vazifasi signallarni tashqaridan ichkariga o'tkazishdan iborat. Masalan: jigar hujay-


 
26 
ralari  yuzasida  glikoproteiddan  iborat  10  000ga  yaqin  insulin  reseptorlari  joy-
lashadi. Gormon ana shu retseptorlarga ta'sir etib retseptorlar o'z navbatida signalni 
hujayra ichiga o'tkazadi va hujayrada bunga javoban fermentlar sintezlanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə