O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

ek-
toplazma 
(granulalar  va  organoidlardan  holis  bo'lgan  qism,  plazmatik  membrana 
ostida  joylashib tutam  mikrofilamentlarga  ega) va  ichki  — 
endoplazma
  (  turli  or-
ganoidlarga  va  granulalarga  ega  bo'lgan  qism).  O'simlik  hujayrasi  sitoplazmasida 
maxsus  organoidlar  –  plastidalar  bo'lib,  Golji  apparati  esa  yoyilib  ketgan  alohida 
diktiosomalardan  tashkil  topgan.  Sitoplazmaning  hajmi  hamma  hujayralarda  tur-
licha:  limfositlarda  yadro  hajmiga  teng,  jigar  hujayralarida    hujayra  hajmining 
~94% ni tashkil etadi. 
Sitozol-sitoplazmaning  bir  qismi  bo'lib,  membranali  organoidlar  orasidagi 
bo’shliqda joylashadi. Uning hajmi hujayra umumiy hajmining 50%ni tashkil etadi. 
Sitozol tarkibida oraliq almashinuv fermentlari va ribosomalar uchraydi. Ribosoma-
larda sintezlangan oqsillarning deyarli  yarmisi  sitozolda uning doimiy  komponenti 
sifatida qoladi. Sitozol biomolekulalar to'planadigan joy bo'lib, shuningdek bu yerda 
turli  metabolik  jarayonlar,  jumladan  glikoliz,  yog’  kislotalari,  aminokislotalar, 
nukleotidlar sintezi sodir bo'ladi. 
Sitoplazmaning  va  aynan  gialoplazmaning  asosiy  vazifasi:  hujayra  ichidagi 
tuzilmalarni  o'zaro  birlashtirib,  ular  orasidagi  kimyoviy  munosabatlarni  belgilab 
berishdir.  Gialoplazma  orqali  ko'pgina  hujayra  ichi  transport  jarayonlari  amalga 
oshadi:  aminokislotalar,  nukleotidlar,  yog’  kislotalari  tashiladi.  Gialoplazmada 
doimiy  ravishda  plazmatik  membrana  va  undan  hujayra  organoidlariga  yo'nalgan 
ionlar oqimi amalga oshadi. Gialoplazma ATF molekulalari to'planadigan va hara-
kat  qiladigan  joy.  Gialoplazmada  turli  mahsulotlarning,  masalan  glikogen,  yog’ 
tomchilarining to'planishi kuzatiladi. Gialoplazma turli fermentlarga ega bo'lib ular 
glikoliz,  aminokislotalarning  oqsili  sintezidagi  faollashishi,  reaksiyalarini 
katalizlashda ishtirok etadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə