O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


    10-rasm. Lizosomalarning hujayra ichidagi faoliyati. 1-fagositar pufak-



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

43 
 
10-rasm. Lizosomalarning hujayra ichidagi faoliyati. 1-fagositar pufak-
cha;             2- fagosoma; 3-hazm qilish vakuoli; 4- birlamchi lizosoma; 5- 
qoldiq tanachalar; 6- lipofustsin granulasi; 7- autofagosoma; 8- ekzositoz; 9- 
yadro.
 
Ba'zan  lizosomalar  tarkibidagi  fermentlar  hujayradan  chiqariladi.  Masalan, 
rivojlanish davomida tog’ay to'qimasining suyakka aylanishida yoki suyak to'qimasi 
shikastlanganda  osteoblast  hujayralari  lizosomalarida  maxsus  fermentlar  sintezla-
nadi. 
Hujayralardagi  patologik  jarayonlarda  lizosomalarlarning  soni  ortadi.  Lizo-
somalarlar hujayraning 
avtoliz
ida – o'z-o'zini yemirishida ishtirok etadi. Avtolizga 
faoliyatini  tugatgan  kasal  hujayralar  uchraydi.  Avtolizga  faqat  bitta  hujayra  emas 
butun to'qimalar ham uchraydilar (misol: itbaliqning dumi). 
Lizosomalarning  hayvon  va  o'simlik  hujayralarida  keng  tarqalgan  rekon-
struksiyalash (qayta qurish) xususiyati ham katta ahamiyatga ega. Organizmlar och 
qolganda hujayralar o'z hayot faoliyatini ushlab turish maqsadida endogen yo'l bilan 
oziqlana boshlaydilar, bunda lizosomalar sitoplazmadagi turli tuzilmalarni parchal-
ab  quyi  molekulali  moddalarni  hosil  qiladi.  O'simlik  hujayralaridagi  autofagiyani 
urug’ unib chiqayotganda ko'rish mumkin: lizosomalar ishtirokida hujayradagi za-
hira moddalar parchalanadi. 


 
44 
Ko'pincha lizosomalar  tarkibidagi biror  fermentning  yetishmasligi  mutatsion 
jarayon bo'lib, odamlarda genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi: lizosomalar ichida 
ko'p  miqdorda  hazm  bo'lmagan  moddalar  to'pla  borib  oxirida  bu  oraganizmning 
o'limiga olib keladi. 
Lizosomalarlarni o'rganish borasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay 
eukariot  hujayra  uchun  muhim  ahmiyatga  ega  bo'lgan  bu  tuzilmaning  tahlili  xali 
boshlang’ich bosqichlarda turibdi. 
Peroksisoma
  
Peroksisoma - eukariot hujayraning universal organoididir. Lizosomalar kabi 
K.De Dyuv tomonidan topilgan. Bir qavat membrana bilan o'ralgan bo'lib, membra-
nalari  suyuq  mozaika  tuzilishga  ega.  Ichida  kristallsimon  strukturalar  -  nukleoidi 
bo'ladi (yadroga aloqasi yo’q ). U fibrill va mikronaychalardan iborat bo'lib urato-
ksidaza  fermentiga  ega(11rasm).  Lizosomalardan  farq  qilib  faqat  mavjud  pero-
ksisomaning  bo'linishi  orqali  ko'payadi.  Shuning  uchun  o'z  peroksisomalarini 
yo’qotgan hujayra ularni qayta tiklay olmaydi.  
Odam va hayvon  jigar va buyrak hujayralarida uchraydi. Soni 70-100 taga-
cha. Endoplazmatik to’r membranalari bilan aloqada bo'lib taxmin qilinishicha en-
doplazmatik  to’rning  kengaygan  sisternalaridan  kelib  chiqadi.  O'simliklarda 
peroksisomalar mitoxondriya va plastidalar bilan bog’liqdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə