O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


- rasm. Peroksisomaning elektron mikroskop ostidagi ko’rinishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

11- rasm. Peroksisomaning elektron mikroskop ostidagi ko’rinishi.                           
1-membranasi; 2-kristallsimon strukturalar; 3- matriks.
 


 
45 
Peroksisomalarning  biokimyoviy  vazifasi  ulardagi  oksidlanish  reaksiyalarin-
ing  fermentlari  (katalaza)  bo'lishi  bilan  bog’liq  bo'lib  moddalarning  parchalanishi 
natijasida  hosil  bo'lgan  vodorod  peroksidini  (H
2
O
2
)  suv  va  kislorodgacha  par-
chalaydi. Vodorod peroksidi hujayrada boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo'lib, 
juda toksik  zararlidir  va  hujayradan  chiqarilishi  kerak. Bu  vazifani  peroksisomalar 
tarkibidagi katalaza fermenti bajarib uni suv va kislorodga parchalaydi. 
Umumhujayraviy  vazifasi  hujayraga  oziq  moddalar  tarkibi  bilan  kiradigan 
uzun zanjirli yog’ kislotalarini parchalashdan iborat. Jigar hujayralari peroksisoma-
larga boy bo'lib organizmga tushayotgan etil spirtining 50% bu yerda asetildegid va 
sirka kislotasigacha parchalaydi. Alkogolni (arabcha- 
al-kuhl
-ingichka kukun) uzoq 
muddat va katta  dozalarda iste'mol  qilish,  jigar hujayralari tarkibida  sirka kislotasi 
miqdorining ko'payishiga va undan yog’ kislotalari sintezlanishiga olib keladi. Na-
tijada, lipidlar miqdori ko'payib sirroz (yunoncha-sariq) kasali rivojlanadi. 
O'simliklarda uchraydigan peroksisomalar 3 guruhni tashkil qiladi: 
1.Glioksisomalar-yog’larga  boy  urug’larda  lipidlarning  saxarozaga  par-
chalanishida ishtirok etadi. 
2.Barglarda  uchraydigan  peroksisomalar  mitoxondriya  va  plastidalar  bilan 
bog’liq bo'lib nafas olishda ishtirok etadi. 
3.Boshqa  turdagi  to'qimalarda  uchraydigan  differensiatsiyalanmagan  pero-
ksisomalar. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə