O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Sferosoma
 
O'simlik hujayralarida uchraydigan membranali pufakchalar. EPT sisternalari 
ustida  osmiofil  material  to'planib,  mayda  pufakcha  yuzaga  kelib  endopalazmatik 
to'rdan  ajrala  boshlaydi.  Bu  100-150  nm  kattalikdagi  bir  qavat  membrana  bilan 
o'ralgan  prosferosoma.  Sferosomaning  o'sishi  ularda  yog’larning  to'planishi  bilan 
bog’liq bo'lib, sekinlik bilan u katta yog’ tomchisiga aylanadi. Yog’lardan tashqari 
sferosomalar tarkibida turli oqsillar, jumladan lipaza fermenti topilgan. 
Vakuolalar
 
Vakuolalar  ichi  suyuqlik  bilan  to'lgan  membranali  xaltacha.  Hayvon  hujay-
ralarida kichik: fagositoz, hazm qilish, qisqarish vakuolalari uchraydi. O'simlik hu-
jayrasi sitoplazmasida muhim fiziologik ahamiyatga ega bo'lgan vakuolalar mavjud. 
Yosh hujayralarda mayda vakuolalar soni ko'p bo'lib hujayra o'sgan sari vakuolalar 
bir-biri  bilan  qo'shilib  hujayraning  80%  hajmini  egallaydigan  vakuolaga  aylanadi. 
Vakuolani  o'rab  turuvchi  memebrana  tonoplast  deyiladi,  u  plazmatik  membranaga 
o'xshash  tuzilgan.  Vakuolalar  endoplazmatik  to’rdan  ajraladigan  pufakchalardan 
rivojlanadi. Kattalashib ular yadro va organoidlarni hujayraning  chekka qismlariga 
surib yuboradi.  
Vakuolaning  ichi  hujayra  suyuqligi  bilan  to'lgan  bo'lib  tarkibi  suvda  erigan 
anorganik tuzlar, organik kislotalar, oqsillardan iborat. 
O'simlik vakuolasi quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 


 
46 
1.  Suv  konsentrlangan  hujayra  shirasi  ichiga  osmos  yo'li  bilan  tonoplast  orqali 
o'tadi. Natijada sitoplazma hujayra devoriga yaqinlashib turgor holat yuzaga keladi. 
Suvning  osmotik  ravishda  kirishi  hujayralarning  o'sishi  vaqtida  cho'zilishiga 
yordam beradi va mustahkamlik bag’ishlaydi. 
2.  Ba'zan  vakuolalar  tarkibida  antosian  pigmentlari  uchraydi.  Ularning  ichida  an-
tosianlar bo'lib gullar mevalar rangini belgilaydi. 
3. Ba'zan vakuolalar tarkibida gidrolitik fermentlar bo'lib, bu holda vakuolalar lizo-
somalardek faoliyat ko'rsatadi: hujayra nobud bo'lgandan keyin tonoplast taranglig-
ini yo’qotib fermentlar sitoplazmaga chiqib hujayrani avtolizlaydi (o'z -o'zini erita-
di). 
4.  Vakuolalarda  hujayra  metabolizmining  chiqindi  moddalari  saqlanishi  mumkin: 
oksalat  kalsiy  kristallari,  alkoloidlar  va  tanin  moddasi.  Tanin  moddasi  o'simlikni 
o'simlikxo'r hayvonlardan himoya qiladi.  
5.  Vakuolalar  zahira  oziqa  moddalari  to'planadigan  joy  ham  hisoblanadi.  Qand 
moddasi  suvda  erigan  holda  to'planadi,  polisaxaridlardan  inulin  bor.  Urug’  hujay-
ralarida  oqsil  to'planadi.  Oqsillar  vakuolaning  ichiga  endopalazmatik  to'r  va  Golji 
apparati  orqali  ularning  membranasi  vakuolaning  membranasi  bilan  qo'shilganda 
kiradi.  Oqsil  -  aleyron  vakuolalarda  albumin  va  globulin  ko'rinishida  to'planib 
vakuolalar  suvsizlanishi  natijasida  qattiq  aleyron  donachalariga  aylanadi.  Urug’lar 
unib  chiqqanda  bu  donachalar  yana  suvlanib  vakuolalarga  aylanadi.  Bunday 
vakuolalarda fermentlar ta'sirida oqsillar parchalanadi, ya'ni vakuola lizosoma faol-
ligini boshqaradi.
  

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə