|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiMashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
talabalarda hujayra organoidlari
tuzilishi haqidagi bilimlarini, mustaqil ishlash ko'nikmalarini muloqot madaniyatini
rivojlantirish.
Mashg’ulot jihozlari:
mitoxondriya va plastidalar ultrastrukturasi tasvirlan-
gan jadvallar, plastidalar ontogenezini ifodalovchi slaydlar.
Eukariot hujayralarning ikki membranali organoidlari. Mitoxondriyalar
hamma hayvon va o'simlik hujayralari uchun xos, plastidalar faqat fotosintez ja-
rayoni amalga oshuvchi o'simlik hujayralarida uchraydi.
Ushbu organoidlar tuzilishidagi umumiylik belgilardan biri sitoplazmadan
ikkita – tashqi va ichki membrana bilan chegaralanganligidir. Shuning uchun mi-
toxondriya va plastidalarda ikkita bo’shliqqa: birinchisi tashqi va ichki membrana-
lar orasidagi, ya'ni membranalararo bo’shliq, ikkinchisi ichki membrana bilan che-
garalangan asosiy matriksiga ega. Umimiylikni tashkil etuvchi ikkinchi belgi ichki
membranalari burmalar, xaltachalar ichki matriksga yo'nalgan bo'rtmalarni hosil qi-
lishi. Funksional jihatdan ikkalasi ham energetik jarayonlarni amalga oshiruvchi or-
ganoidlardir.
Mitoxondriyalarni o'rganish tarixi 1850 yilda boshlanib shu yili Kelliker
hasharotlarda ularni ko'rib sarkosomalar deb nom beradi (hozirgi kunda bu atama
muskul to'qimasining mitoxondriyalar uchun ishlatiladi), 1890 yilda R.Altman bu
tanachalarning fuksin bilan maxsus bo'yalish usulini ishlab chiqib, ularga bio-
blastlar deb nom beradi va ularning o'zidan ko'payish xususiyatga ega ekanligi
g’oyasini ilgari suradi. 1898 yilda K. Benda ularni mitoxondriyalar deb nomlaydi,
Mixaelis esa mitoxondriyalarning hujayradagi oksidlanish jarayonlari bilan
bog’liqligini aytadi. O'simlik hujayralarida mitoxondriyalarni 1904 yilda Meves
aniqlaydi.
Hujayradagi mitoxondriyalar yig’indisi–
xondriom
deyiladi. Mitoxondriyalar
shakli jihatidan granulyar va ipsimon tuzilishga ega. Shakli va o'lchami doimiy
hisoblanmaydi. O'rtacha olganda kengligi 0.5mkm uzunligi esa ipsimon shakllarida
7-10 mkmni tashkil etadi. Bitta hujayradagi soni bir nechtadan bir necha yuz va
mingtani tashkil etadi. Hayvon hujayralariga nisbatan o'simlik hujayralarida mitox-
ondriyalar soni kamroq bo'ladi, chunki ular bajaradigan vazifaning bir qismini
o'simliklarda plastidalar bajaradi.
Anaerob muhitda yashovchi ichak entoamyobalarida va ba'zi parazit sodda
hayvonlarda mitoxondriyalari bo'lmaydi.
|
|
|