O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

50 
 
13-rasm. Mitoxondriyaning tuzilishi
 
Mitoxondriya vazifalari
 
Mitoxondriyalarni  asosiy  vazifasi  organik  substratlarning  oksidlanishi  va 
ADF  ning  fosforlanishi  orqali  ATF  sintezlash.  Bu  jarayonlar  uchun  boshlang’ich 
substrat  bo'lib  uglevodlar,  yog’  kislotalar  va  aminokislotalar  xizmat  qiladi. 
Uglevodlar  oksidlanishining  boshlang’ich  etaplari  gialoplazmada  kislorod 
ishtirokisiz o'tganligi uchun anaerob oksidlanish yoki glikoliz deyiladi. Glikolizning 
asosiy substrati glyukozadir. Tirik hujayrada glyukozaning oksidlanishi bosqichma- 
bosqich  borib, bu  jarayonni  bir  qancha  oksidlanish  fermentlari  amalga  oshiradi  va 
uning  natijasida  ATF  molekulasidagi  makroergik  bog’lar  hosil  bo’ladi.  Birinchi 
bosqichda  glyukoza  triozagacha  parchalanadi,  bunda  2  molekula  ATF  sarflanib  4 
molekula  ATF  sintezlanadi.  Anaerobli  parchalanish  past  energiya  chiqimiga  qara-
may  ko'pgina  tirik  organizmlarning  asosiy  energiya  manbai  hisoblanadi.  Masalan, 
mikroorganizmlar,  ichak  parazitlari,  shish  hujayralari  va  mitoxondriyalari 
bo'lmaydigan  sutemizuvchilarning  eritrositlarida  asosiy  energiya  manbai  bo'lib 
glikoliz xizmat qiladi. 
Keyingi  bosqichda  hosil  bo'lgan  triozalar  asosan  pirouzum  kislota  mitoxon-
driyalarning  o'zida  sodir  bo'ladigan  oksidlanishda  ishtirok  etadilar.  Bunda  hamma 


 
51 
kimyoviy bog’lar uzilib CO
2
 ajralib O
2
 sarflanadi, ajralgan energiya mitoxondriya-
larda ATF ko'rinishida to'planadi. 
Trikarbon  kislotalar  yoki  Krebs  siklida  glikoliz  mahsulotlarining  to'liq  oksi-
dlanishi  va  undan  keyin  fosforli  oksidlanish  siklida  oksidlanish  natijasida  ajralgan 
energiya maksimal ravishda ATF sintezi uchun sarflanadi.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə