O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Xloroplast ontogenezi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

15-rasm. Xloroplast ontogenezi
 
Leykoplastlar  (
leukos
-“rangsiz”, 
plastos
-“shakl”)  xloroplastlardan  lamilyar 
tizimining  sust  rivojlanganligi  bilan  farq  qiladi  va  bu  jihatdan  proplastidalarga 
o'xshaydi. Lekin yorug’likda bular ham tilakoidlar sistemasi rivojlanib yashil rang-
ga  kiradi.  Xloroplastlarda  assimilyatsiya  jarayonida  hosil  bo'lgan  tranzit  (vaqtin-
chalik)  kraxmal  to'plansa,  leykoplastlarda  zahira  kraxmali  hosil  buladi.  Masalan, 


 
55 
urug’ endospermi, tugunaklarda kraxmalning to'planishi amiloplastlarning rivojlan-
ishiga olib keladi.  
Plastidaning  yana  bir  turi  karotinoid  (
carota
-“sabzi”, 
eidos
-“shakllanish”) 
pigmentlariga  ega  bo'lgan  xromoplastlar-  xloroplastlardan  va  kam  hollarda  leyko-
plastlardan (sabzi ildizi) hosil bo’ladi. 
Xloroplastlarning  o'zgarish  jarayonini  gultojibarglar  rivojlanishi  yoki 
mevalarning yetilishi jarayonida ko'rish mumkin. Xloroplast membranasi yemirilib 
xlorofill  va  kraxmal  yo’qoladi.  Lamellalarning  yemirilishi  natijasida  yog’  tomchi-
lari  ajraladi,  ularda  karotinoidlar  yaxshi  eriydi.  Shunday  qilib,  xromoplastlar  -  de-
generatsiyaga uchragan xloroplastlardir. 
Mitoxondriyalarda  bo'lgani  singari  xloroplastlar  ham  o'z  oqsil  sintezlovchi 
tizimiga ega bo'lib, u hujayra oqsil sintezlovchi tizimdan farq qiladi. Bu esa xloro-
plastlarning  avtonom  tuzilmalar  ekanligidan  dalolat  beradi  va  xloroplastlarning 
kelib  chiqishi  simbiotik  xarakterga  ega  ekanligi  haqidagi  g’oyani  paydo  bo'lishiga 
olib keladi. Bu g’oya XIX asr oxiri XX asr boshida paydo bo'lgan bo'lib, unga aso-
san  xloroplastlar  geterotroflar  va  prokariot  bo'lgan  yashil  suvo'ti  hujayralarining 
qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan. Uning isboti bo'lib ko'k yashil suvo'tlari va xlo-
roplastlar tuzilishidagi o'xshashliklar va fotosintez qilish qobiliyati xizmat qiladi. 
Qiziqarlisi shundaki, sichqon embrioni hujayralariga xloroplastlar kiritilganda 
ular  100  soat  davomida  faol  qolganlar  va  24  soat  davomida  bo'linish  xususiyatiga 
ega bo'lganlar lekin, keyin ularning faolligi pasayib nobud bo'lganlar.  
Xloroplastlardagi bir qator oqsillar, fermentlar xlorofill, karotinoidlar lipid va 
kraxmalning  sintezi  yadroning  genetik  nazorati  ostida  bo'ladi.  Bu  esa  xloro-
plastlarning avtonomligi nisbiyligini isbotlaydi.  
Simbioz  nazariyasiga  asosan  eukariot  hujayralar  evolyutsion  jarayonda 
boshqa hujayralar bilan simbiozlashgan. Birinchi bosqichda anaerob geterotrof bak-
teriyalar  bilan  aerob  bakteriya  qo'shilib  mitoxondriya  hosil  bo'lgan.  Unda  parallel 
ravishda  genofor  membrana  bilan  ajratilib  (o'ralib)  yadro hosil  bo'lgan va  eukariot 
hujayra  rivojlangan. Birlamchi  eukariot  hujayra  bilan  yashil  suvo'tining  qo'shilish-
idan plastidali organizm rivojlangan.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə