|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiJadval 2. Ribosomalarning molekulyar tavsifi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Jadval 2. Ribosomalarning molekulyar tavsifi
Ob'yekt
Butun ribosoma
va uning sub-
birliklarining
sedimentatsiya-
lanish
koeffisienti
Subbirlikdagi
RNK mole-
kulasining
miqdori
RNKning
molekulyar
og’irligi
RNKning
sedimenta-
siyalanish
koeffisienti
Sub-
birliklardagi
oqsil mole-
kulasining
miqdori
30S 1 0,56 х 10
6
16S 21
Prokariotlar 70S
ribosomasi 50S 2 1,2 х 10
6
23S 34
4,0 х 10
4
5S
40S 1 0,6 х 10
6
18S
Eukariotlar 80S
ribosomasi 60S 3 1,6 х 10
6
28S Hammasi
4,0 х 10
4
5S bo’lib
4,5 х 10
4
5,8S 90 -100 tа
Ribosomalarning asosiy vazifasi - oqsil sintezida ishtirok etish. Oqsil sintezi
vaqtida ribosomalarda aminokislotalar bir-biriga ulanib, uzun polipeptid zanjirini
hosil qiladi, ya'ni ribosoma oqsil sintezida molekulalarning bir-biri bilan
bog’lanadigan joy bo'lib xizmat qiladi. Sintezda hujayra yadrosidan informatsiya
olib keluvchi mRNK va ribosomalarga aminokislotalarni tashuvchi tRNKlar
ishtirok etadi. Subbirliklar bir-biri bilan muloqotda bo'lib, oqsil sintezlovchi yoki
translyatsiyada ishtirok etuvchi faol markazlarni hosil qiladilar. Birinchi markazga
aminokislotani tashuvchi tRNK keladi, ikkinchi markazda sintezlanuvchi oqsilli
tRNK joylashadi, uchinchi markazda katalizlovchi ferment o'tirib, u birinchi
markazdagi polipeptidni ikkinchi markazdagi polipeptid bilan ulaydi (uzun-
lashtiradi). Oqsil sintezi jarayoni 3 bosqichga bo'linadi: 1. Inisiatsiya (boshlang’ich
etap). 2.Elongatsiya (polipeptid zanjirining hosil bo'lishi). 3.Terminatsiya (jarayon-
ning oxiri).
Eukariot hujayralarda ribosomalarning 2xil guruhi uchraydi: erkin ribosoma-
lar va endoplazmatik to’rga bog’langan ribosomalar. Endoplazmatik to’rda riboso-
malar ishtirokida sintezlangan oqsillar asosan sekretsiya oqsillari.
Oqsil sintezi davomida ribosomalar mRNK yoki iRNK zanjiri bo'ylab hara-
katlanadilar, bunday tuzilma poliribosoma yoki polisoma deyiladi.
Anchagacha ribosomalarning ikkala subbirligi bir xil tuzilishga ega deb tax-
min qilingan. Lekin elektron mikroskopik usullar ko'rsatishicha, kichik subbirlik
eski telefon trubkasi ko'rinishida ega ekanligini, kattasi esa kosani eslatadi. Ish davri
davomida ribosomalar o'z konfiguratsiyasini (shaklini) o'zgartirib turadi.
|
|
|