O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

                                   


 
60 
Bazal tanacha, kiprikcha, xivchin
 
Turli  organizmlarning  hujayralari  harakat  a'zolariga  –xivchin  va  kiprikcha-
larga  ega.  Sitoplazmada  kiprikcha  va  xivchinlar  asosida  mayda  granula-bazal 
tanachalarni ko'rish mumkin. 
Kiprikcha sitoplazmaning uzun silindrsimon o'simtasi bo'lib, tashqi tomondan 
plazmatik  membrana  bilan  o'ralgan.  O'simta  ichida  aksonema  joylashib 
mikronaychalardan tuzilgan bo'ladi. 
Bazal tanacha tuzilishi jihatidan sentriolga o'xshash bo'lib, mikronaychalarn-
ing 9 ta tripletidan, dastachalar, vtulka(silindrcha) va naylardan tuzilgan. Ko'pincha 
kiprikchalar asosida ikkita bazal tanacha yotadi. 
Kiprikcha  tashqi  tomondan  plazmatik  membranadan  va  ichi  aksonemadan 
tashkil  topgan.  Aksonema  tashqi  devorini  hosil  qilishda  mikronaychalarning  9  ta 
dupleti ishtirok etadi. Periferik dupletlardan tashqari aksonemaning markazida yana 
ikkita  mikronaychalar  joylashadi(18rasm).  Kiprikcha  mikronaychalari  tizimini 
(9x2)+2  (sentriolaniki  (9x3)+0  edi)  deb  ifodalanadi.  Dupletlarda  13  subbirlikdan 
tuzilgan  A  va  11  subbirlikdan  tuzilgan  B  mikronaychalar  farqlanadi.  A 
mikronaychadan  B  mikronaychaga  dastachasi  chiqqan  bo'ladi.  A  mikronaychadan 
markazga  qarab  bog’lamcha  chiqqan  bo'lib,  u  markazdagi  mikronaychalarni  o'rab 
turgan tuzilmaga yo'nalgan. 
Bazal tanacha va aksonema bir-biri bilan bog’langan bo'lib, bazal tanacha tri-
pletining  A  va  B  mikronaychalari  o'z  davomini  aksonema  dupletidagi  A  va  B 
mikronaychalarda topadi. 
 


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə