O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


  Kiprikcha  va bazal tanachalar  kimyosi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

62 
Kiprikcha  va bazal tanachalar  kimyosi.
  Aksonemadagi  A  mikronaychalar 
tarkibida  dinein  oqsili  topilgan. Mikronaychalar  tarkibidan  bu oqsil  olib  tashlansa, 
aksonemalar harakatdan to'xtaydi. Undan tashqari tubulin oqsili uchraydi. 
Kiprikcha  va  xivchinlar  harakat  a'zolari.
  Xivchinlarga  ega  bir  hujayrali 
organizmlar  tanasining  xivchin  joylashgan  tomoni  bilan  oldinga  qarab  hara-
katlanadi. Ko'p kiprikchali organizm-  infuzoriya  kiprikchalari  to'lqinsimon  harakat 
qiladi.  Ichak  epiteliysi  yuzasidagi  kiprikchalar  suyuqliklarning  harakatini  ta'min-
laydi. 
Kiprikcha  va  xivchinlarning  harakati  A  mikronaychasi  tarkibidagi  ATFaza 
faolligiga ega bo'lgan dinein oqsili bilan bog’liq. Ma'lumki, mushak hujayralarining 
harakati ikkita fibrill oqsillari-miozin va aktinning bir-biriga nisbatan sirpanishi na-
tijasida kelib chiqadi. Shunga asoslanib taxmin qilinadiki, kiprikchalarning harakati 
ham  dupletdagi  ikkita  mikronaychalarning  bir-biriga  ishqalanishi  natijasida  kelib 
chiqadi.  Dinein  oqsili  mikronaychalarning  sirpanib  ishqalanishini  ta'minlaydi  deb 
hisoblanadi. 
Ba'zi  bakteriya  hujayralari  ham  harakat  a'zosi  xivchinlarga  ega.  U 
flagella
 
deyiladi  va  tuzilishi  hamda  kimyoviy  xususiyatlari  bilan  eukariotlar  xivchinidan 
farq qiladi. Bakteriya xivchinlari plazmatik membrana bilan o'ralmagan bo'lib, fla-
gellin  oqsilidan  iborat.  Flagillin  Ichi  bo'sh  naychalarni  xosil  qilib,  ular  8-10  sub-
birlikdan tuzilgan. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə