O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Bo'linish  duki  mikronaychalari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Bo'linish  duki  mikronaychalari
  hayvon  hujayralari  bo'linish  apparatida 
ikkita zonadan iborat: ikkita sentrosfera zonasi va ular orasida joylashgan bo'linish 
duki  (axromatin  duki)  tolalari  zonasi.  Bu  zonalarda  ko'p  sonli  mikronaychalar 
mavjud.  Mikronaychalar  bu  apparatning  markaziy  qismida  sentriolalar  atrofidagi 
sentrosfera  va  xromosomalarning  sentromerasiga  yaqin  kinetoxor  uchastkalarida 
hosil bo’ladi. 
Bo'linish dukida ikki xil tolalar farqlanadi: qutbdan qutbga tortilgan uzluksiz 
tolalar  va  xromosoma  tolalari  –  xromosomalarni  qutblarning  biri  bilan  tutashtiru-
vchi. Ular orasida oraliq tolalar - tarqaluvchi xromosomalarda uchraydigan va uzu-
luvchi ya'ni bir qutbdan chiqib ikkinchisiga yetib bormagan tolalar uchraydi. 
Shunday qilib, hayvon hujayralarida mikronaychalarning hosil bo'lish marka-
zi sentriolalar va xromosomalarning kinetoxor uchastkalari hisoblanadi. 
Yuksak  va  tuban  o'simlik  hujayralari  va  ba'zi  sodda  organizmlar 
mikronaychalardan iborat bo'linish apparatini sentriolalar ishtirokisiz hosil qiladilar. 
Bu  holda  mikronaychalar  hosil  qilish  markazi  kinetoxor  uchastkalaridan  tashqari 
hujayraning  qutblaridagi  membranalar  tutami  va  yadro  membranasi  bilan 
bog’langan zich plastinkalar hisoblanadi. 
Kiprikchali infuzoriyalarning kipriklari asosida ko'plab bazal tanachalar joy-
lashgan  bo'lishiga  qaramay,  bularda  ham  bo'linish  apparati  sentriolalar  ishtirokisiz 
boradi. 
Kimyoviy  jihatdan  bo'linish  duki  90%  oqsil,  6%  RNK,  lipid  va  polisaxarid-
lardan tuzilgan.
  


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə