O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

63 
Sentriolyar sikl
 
Hujayra sikli davomida sentriolalarning faolligi o'zgarib turadi. Mitoz vaqtida 
hujayra markazlarida ikkitadan diplosomalar joylashib, ularning biri ona ikkinchisi 
qiz sentriol. Qiz sentriol uchi ona sentriolga qaragan bo'ladi. Ona sentriol mitozning 
hamma  fazasida  maxsus  ingichka  fibrillalar  zonasi  bilan  –fibriollyar  galo  bilan 
o'ralgan  bo'ladi.  Bu  galodan  mikronaychalar  chiqadi.  Qiz  sentriolda  galo  ham 
mikronaychalar  ham  bo'lmaydi.  Bo'linish  dukini  hosil  qilishda  asosan  ona  sentrio-
ladan chiqqan mikronaychalar ishtirok etadi. Yangi mikronaychalar sentriolalarning 
o'zidan emas, ularning galo qismidan o'sib chiqadi. Sentriolalar bu mikronaychalar-
ni polimerizatsiyasida ishtirok etadi. 
Telofazani oxirida bo'linish dukining buzilishi kuzatiladi. Ikkita sentriol o'za-
ro perpendikulyarligini yo’qotib bir-biridan biroz uzoqlashadi. Ona sentriola atrofi-
da mikronaychalar kuzatilmaydi. Interfaza davrida ona sentriol atrofida satellit deb 
ataluvchi  o'simtalar  hosil  bo'lib,  ulardan  mikronaychalar  o'sa  boshlaydi.  Bular 
sitoplazma mikronaychalaridir. Mikronaychalar o'sgan sari sentrioladan uzoqlashib 
u  bilan  aloqasi  uziladi,  uning  o'rnida  yana  yangilari  hosil  bo’ladi,  eskilari  par-
chalanadi.  Shunday  qilib  hujayrada  mikronaychalarning  hosil  bo'lish  konveyri  yu-
zaga keladi. 
Hujayraning  keyingi  bo'linishiga  tayyorgarchilik  ko'rganda  ikkala  endi  ona 
sentriolalar atrofida satellitlar yo’qolib fibrillyar galolar paydo bo'ladi va ikkala sen-
triolalar atrofida mikronaychalar o'sa boshlaydi. 
Bo'linmayotgan  hujayralarda  sentriolalar  sitoplazma  mikronaychalarini  va 
kiprikchalar mikronaychalarini hosil qiladi. 
Hujayradagi  tuzilmalarning  joylashgan  joyi  shunchaki  tasodifdan  kelib 
chiqmaydi.  Hujayra  arxitektori  va  dizayneri  -  sentriolalar.  Ular  hosil  qilgan 
mikronaychalar  bo'ylab  poyezd  relsda  yurgandek  ko'pgina  modda  va  tuzilmalar, 
xromosomalar harakat qiladi. Harakat qiluvchi bir hujayralilarda ham bu xususiyat-
ni sentriolalar hosil qilgan mikronaychalar bajaradi. 
Diplosomadagi  qiz  sentriolada  birinchi  bo'linishda  hali  mikronaychalari 
bo'lmaydi,  uning  mikronaychalari  faqat  hujayraning  ikkinchi  bo'linishida  hosil 
bo’ladi.  Ona  sentriol  uni  qo'lidan  ushlab  kerakli  joyga  olib  borishi  kerak.  Chunki 
shunday  qilmasa  ona  sentriol  bilan  qiz  sentriol  orasida  aloqa  uzilib,  hujayradagi 
buzilishlarga  olib  keladi.  Sababi,  qiz  sentriol  mustaqil  ravishda  kerakli  joyini  topa 
olmaydi. 
Ma'lumki, sentriolalar yadro bilan bog’liq bo'lmasa xromosomalarni qayerga 
olib  borishni  bilmas  edi.  Organoidlarning  hujayradagi  joyini  sutemizuvchilarda 
yadro  belgilaydi.  Xlamidomonada  suv  o'tida  aksincha,  sentriolalar  yadroga  qaysi 
organoidni qayerga joylashtirish haqida “buyruq” beradi.
  

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə