O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mikrofilamentlar
 - ingichka oqsil iplari. Sitoplazmaning kortikal qismida va 
harakat  qiluvchi hujayralarning  psevdopodiyalarida, mikrotukchalar  tarkibida ko'p. 
Suv  o'tlarning  xloroplastlari  harakatini  mikrofilamentlar  amalga  oshiradi.  O'simlik 
hujayrasidagi sikloz xam mikrofilamentlar amalga oshiradi. 
Oraliq filamentlar
 iplarining diametri mikronaychalardan kichikroq, mikro-
filamentlardan  kattaroq  bo'lgani  uchun  shunday  nomlanadi.  Epiteliyda  keratin, 
mushakda-desmin,  biriktiruvchi  to'qima,  tog’ay,  suyak  to'qimasida-  vimentin  oqsi-
lidan iborat. 
Odam  oyoq  va  qo'l  kafti  epiteliysida  oraliq  filamentlarning  keratin  oqsili 
tuzilishi epiteliy keratinidan farq qiladi. Bu esa oyoq tagi va qo'l kaftiga tushadigan 
og’irligining kattaligi bilan tushuntiriladi. Bu yerdagi keratin katta og’irlikka chid-
amli filamentlarni ajratadi. Bu oqsil gen mutatsiyasiga uchrasa, terining shu joydagi 
mustahkamligi  yo’qalib  -  kasallik  rivojlanadi.Oraliq  filamentlar  to'qima  va  hujay-
ralarga mustahkamlik beradi. Oraliq filamentlar birlashib tonofibrillarni hosil qiladi, 
ular  esa  plazmatik  membrana  yuzasida  desmosomalar  bilan  bog’lanib  mustahkam 
karkasni(“skeletini”) hosil qiladi.
 
Mikronaychalar
 
Mikronaychalar - membranasiz, tubulin oqsilidan iborat tuzilma bo’lib eukar-
iotlar  uchun  xosdir.  Sitoplazmada  erkin  holda  joylashib,  bo'linish  duki  takribida, 
sentriolalar, bazal tanachalar atrofida uchraydi. Kiprikcha va xivchinlarning asosiy 
hosil qiluvchi elementlari. Ichi bo’shliq to'g’ri silindrlar, uni hosil qilishda 13 sub-
birlikdan iborat bo'lgan protofilamentlar ishtirok etadi. 
Mikronaychalar o'zi yig’ilib hosil bo’ladi. Buning uchun tubulin oqsili, mag-
niy  ionlari  bo'lishi  va  kalsiy  ioni  bo'lmasligi  kerak.  Ana  shu  sharoitda 
mikronaychalar  o'zidan  -  o'zi  hosil  bo’ladi.  Avval  tubulindan  iborat  qavatlar  hosil 


 
65 
bo'lib,  keyin  ular  naycha  ko'rinishida  yiqiladi  va  uzunasiga  o'sa  boshlaydi. 
Sitoplazmada  doim  mikronaychalar  yig’ilib  parchalanib  turadi.  Sun'iy  ravishda 
mikronaychalarni kolxitsin (yoki kalsiy ioni) moddasi ta'sirida parchalash mumkin. 
Lekin  uning  ta'sirida  faqat  kiprikcha  va  xivchinlarning  mikronaychalari  par-
chalanmaydi,  ular  turg’un  bo'ladi.  Mikronaychalari  buzilgan  hujayrada  ular  faqat 
mikronaychalarni  hosil  qiluvchi  markazda  sintezlanadi.  Bunday  markazlar  sentri-
olalar, bazal tanachalar va o'simliklarda xromosomalarning kinetoxor uchastkalarida 
joylashadi.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə