O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

flang: 
Tavsifi 
Мikronaychalar Мikrofibrillalar Mikrofilamentlar 
Diametri    
(nm) 
 
 
 
Kimyoviy tar-
kibi 
 
 
 
Vazifalari 
 
 
 
 
                             
 


 
66 
 
 
2.Eukariot hujayra tuzilmasi jadvalini to'ldiring 
Hujayra qismi 
Тuzilishi 
Vazifasi 
Gialoplazma 
 
 
Кiritmalar 
 
 
Sitoskelet 
 
 
Orga- 
noid- 
lar 
Endoplazmatik 
to’r 
 
 
 
 
Мitoxondriya 
 
 
Plastidalar 
 
 
Golji apparati 
 
 
Lizosoma 
 
 
Peroksisoma 
 
 
Ribosoma 
 
 
Sentriola 
 
 
Kiprikcha va 
xivchinlar 
 
 
Mavzu: YADRO
 
Mashg’ulotning  ta'limiy  maqsadi:
  talabalarga  yadro  va  uning  tarkibiy 
qismlari,  yadro  tashqi  apparati,  yadroning  hujayra  hayot  faoliyatida  tutgan  o'rni 
haqida tushuncha berish. 
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi:
  talabalarga  yadroning  irsiy  axborotni 
saqlovchi  markaz  sifatidagi  roli  haqida  tushuncha  berish  orqali  ularning  ilmiy 
dunyoqarashini kengaytirish. 
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
 talabalarning yadroning tuzilishi 
va vazifasi haqidagi bilimlarini, darslik bilan mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish 
ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Mashg’ulot  jihozlari:
  yadro,  yadro  poralari  kompleksi  tasvirlangan 
jadvallar, yadrochaning turli funksional holatlari ko'rsatilgan slaydlar. 
Yadro  apparati  hujayraning  universal  subtizimi  bo'lib,  ba'zi  hujayralarda 
uchramaydi. Prokariotlarda  yadro  rolini nukleoid bajaradi. U  halqasimon  DNKdan 
iborat bo'lib, gialoplazmadan chegaralanmasdan mezosomaga birikib turadi. 
Eukariot hujayralarda yadro nukleus (lotincha) yoki karion (yunoncha) bo'lib, 
Robert  Broun  tomonidan  1831yilda  o'simlik  hujayralarida  va  Teodor  Shvann 
tomonidan 1838 yilda hayvon hujayralarida topilgan. 


 
67 
Yadro sitoplazma bilan doimiy o'zaro munosabatda bo'lib, u bilan birga hayo-
tiy  jarayonlarda  ishtirok  etadi.  Yadrosiz  hujayralarning  asosiy  hayotiy  faoliyati 
to’xtaydi. Yadrodan mahrum bo'lgan amyoba oziqlanishi mumkin, ammo uni hazm 
qilolmay tezda nobud bo'ladi. 
Yadrosiz  hujayralarning  bo'linishi  to'xtaydi.  Masalan,  bir  hujayrali  suv  o'ti 
atsetabulyariya  (
Acetabularia  penicullus
)  ko'ndalang  kesilganda,  yadrosiz  soyabon 
qismi halok bo'ladi. 
Yadro  juda  murakkab  faoliyatlarni  bajaradi;  yadro  hujayraning  eng  zarur 
qismi  bo'lib, barcha hayotiy  jarayonlarni boshqaradi;  yadro irsiy  belgilarning  nasl-
dan-  naslga  berilishida  va  hujayrada  oqsilni  moddalar  sintezlanishida  asosiy  rol 
o'ynaydi.  
Yadro  va  uning  tarkibiy  qismlari  hujayraning  interfaza  holatida  o'rganiladi. 
Yadro  umumiy  tuzilishga  ega  bo'lsa  ham  -  ular  kattaligi,  shakli  hamda  ichki 
tuzilmalarining rivojlanishi, ko'rinishiga ko'ra farqlanadi. Ko'pincha hujayralarning 
yadrosi  yumaloq,  tuxumsimon  shakllarda  bo'ladi.  Yadroning  shakli  hujayraning 
shakliga mos bo'ladi, faqat ba'zi hujayralarda noto'g’ri shaklda ham bo'lishi mum-
kin.  Sharsimon,  kubsimon,  ko'p  qirrali  hujayralarda  yadro  yumaloq  shaklga  ega. 
Prizmatik,  silindrsimon  hujayralarda  yadro  uzun  ellipssimon,  yassi  hujayrada  esa 
duksimon  bo'ladi.  Noto'g’ri  shakldagi  yadrolarga  ba'zi  bir  leykositlarning  yadrosi 
misol bo'ladi. 
Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayrada) yoki ikkita (ikki yadroli 
hujayrada)  bo'ladi.  Masalan,  infuzoriya  tufelkasida  ikkita  yadro,  ya'ni  katta  yadro 
(makronukleus) va kichik yadro (mikronukleus) bo'ladi. Ko'p yadroli hujayralar yo-
ki  simplastlar  ham  mavjuddir.  Masalan,  karnaychi  degan  infuzoriyaning  yadrosi 
tasbehsimon,  qizil  ko'mikdagi  hujayralarda  uzuksimon,  leykositlarda  kolbasimon 
segmentlangan bo'ladi. 
Yadroning  o'lchami,  kattaligi  turlicha  bo'lib,  4  mkm  dan  (spermatozoid)  40 
mkm  gacha  (tuxum  hujayra  )  bo'ladi.  Yadro  o'lchami  sitoplazma  o'lchamiga 
ko'pincha to'g’ri proporsional. Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro-plazma 
nisbati deb ataladi. 
Yadroning  hujayrada  joylashishi  har  xil  bo'lib,  hujayraning  faoliyati  va 
shakliga bog’liq bo'ladi(19rasm). 
Differsiatsiyalashmagan  (maxsus  vazifani  bajarishga  o'tmagan)  hujayralarda 
yadro geometrik markazda joylashadi. 
Hayvon va odamlarning bez hujayralarida yadro hujayralarning bazal qismida 
joylashib, apikal qismi secret mahsuloti bilan band bo'ladi.
  


 
68 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə