O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Yadroning tuzilishi. 1-tashqi va ichki membranasi; 2-yadro po-



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

19-rasm. Yadroning tuzilishi. 1-tashqi va ichki membranasi; 2-yadro po-
rasi;           3-kondensatsiyalashgan xromatin iplari; 4-diffuz xromatin; 5.-
yadrocha; 6- interxromatin granulalar; 7-perixromatin granulalar; 8-
perixromatin fibrillalar; 9-karioplazma.
 
O'simlik hujayralarida yadro yosh hujayralarning markazida joylashib, differ-
ensiatsiyalashgan va qari hujayralarda chekka qismlarga ko'chadi, chunki hujayran-
ing markazini hujayra shirasi bilan to'lgan vakuola egallaydi. 
Yadroning tuzilishi hujayra hayotining turli davrlarida kechadigan metabolik 
jarayonlar  bilan  bog’liqdir.  Hujayra  ontogenezi  davomida  yadro  tuzilishi  o'zgarib 
turadi,  ayniqsa  bu  narsa  hujayra  bo'linishga  tayyorganlik  ko'rayotganda  va  turli 
tashqi ta'sirlar natijasida yuzaga keladi. 
O'simlik hujayrasi yadrosi sitoplazmaga nisbatan ancha quyuq bo'ladi. Umu-
man  yadro  ichi  konsistensiyasi  (tarkibi)  balzam,  glitseringa  yaqin  bo'ladi.  Lekin 
ba'zi  o'simlik  yadrolari  shunday  zich  konsistensiyaga  egaki,  ularni  bo'laklarga 
kesish mumkin, ba'zilarida esa yarimsuyuq holda bo'ladi. 
Yadro shaklini o'zgartirish xususiyatiga ega. Ba'zan yadrolar shaklini o'zgar-
tirib  ipsimon  shaklga  o'tadi.  Aynan  shu  shaklda  achitqi  zamburug’i  hujayrasidagi 
yadro kurtaklanish yo'li bilan hosil bo'lgan yangi hujayraga ko'chadi. 
Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar 
va mineral tuzlardir. 
Yadro tarkibiga oddiy va  murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston 
va  globulinlar  uchraydi.  Murakkab  oqsillar  tarkibi  aminoguruhdan  tashqari 
qo'shimcha  yana  nuklein  kislotalar,  uglevod  guruhi  uchraydi  (nukleoproteidlar, 


 
69 
glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko'rinishida yoki proteidlar bilan qo'shilib lipo-
proteidlar ko'rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o'zgarib turadi. Ular yadro quruq 
og’irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir. 
Nuklein kislotatalarning ikki xili: DNK va RNK uchraydi. 
Yadroning asosiy kimyoviy komponenti DNK bo'lib, u xromosomalar tarkib-
iga  kiradi.  DNK  avloddan-avlodga  genetik  axborotni  uzatadi;  oqsil  sintezini  ko-
dlaydi. Hujayra  yadrosidan  DNKni  birinchi  marta  1869  yilda F. Misher  ajratib  ol-
gan.  Bu  modda  tarkibida  azot  va  fosfor  borligini  aniqlagan  va  unga  nuklein  deb 
nom bergan. 1914 yilda Fyolgen DNKga rangli reaksiyani ko'rsatib bergan. O'n yil-
dan  so'ng  Fyolgen  o'z  reaksiyasiga  asoslanib,  DNKning  xromosomalarda  joylash-
ganligini ko'rsatgan. 
DNK  dan  tashqari  hujayra  yadrosida  uch  xil:  informatsion,  ribosomal  va 
transport  RNKlar  bor.  Yadroda  har  xil  fermentlar  ATF-aza,  glikolitik  fermentlar 
bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi.  
Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa ele-
mentlar ham topilgan. 
Yadro ikki guruh umumiy vazifalarni bajaradi: 1.genetik material - DNKni –
o'zgarmasligini saqlash. 2. Genetik materialni keyingi avlodlarga uzatilishini amal-
ga oshirish va oqsil sintezini boshqarish. Yadroda DNK replikatsiyasi amalga oshib 
yangi  hosil  bo'lgan  hujayralarga  genetik  material  teng  taqsimlanadi.  Meyoz  na-
tijasida DNKning yangi rekombinatsiyalari vujudga keladi. 
Yadro: yadro tashqi apparati, yadro shirasi, matriksi, genetik materialdan tar-
kib topgan. 
Yadroning  tashqi  apparati  yoki  karioteka  (
teka
-futlyar,korobka):  yadro 
qobig’i, poralar kompleksi va laminadan yoki plastinkadan tashkil topgan(19rasm). 
Yadro membranasi yoki 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə