|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mak Klintok
(1902-1992) xromosomalarning bu
uchastkalarini yadrocha hosil qiluvchi markaz deb atagan. Hujayradagi yadro-
chalarning soni yadrocha hosil qiluvchi markaz bilan bog’liq.
Yadrocha tuzilishida ipsimon va to'rsimon qismlari farqlanadi. Ipsimon
qismi- nukleolonema va to'rsimon diffuz qismi -amorf modda deb ataladi.
Yadrochani sinchiklab o'rganish mobaynida uning tarkibi zich granulalar va
ingichka fibrill tolalardan iboratligi aniqlandi.
Fibrillyar komponenti markazda yig’ilib, granulalar ular atrofida joylashadi.
Atrofdagi granulalar-nukleolonemani-markazdagi fibrillalar- amorf qismni tashkil
etadi. Lekin ko'p hollarda tolasimon tuzilma amorf moddasiga qo'shilib yadrocha
butunlay bir xil tuzilmaga ega bo'ladi.
Yadrochaning ultrastrukturasi RNK sintezi bilan bog’liq holda o'zgarib tura-
di: rRNK ning yuqori darajadagi sintezi davrida yadrochada ko'p miqdorda granu-
lalarni ko'rish mumkin, sintez to'xtaganda granulalar soni kamayib yadrochalar zich
fibrillyar tanachalarga aylanadi.
Yadrocha profazada “yo’qolib” (erib) o'rta telofazada paydo bo'ladi. Kechki
profazada yadrocha hajmi kichrayib, granulalar soni kamayib, fibrillyar komponenti
mayda bo'laklarga ajralib xromosomalar atrofidagi zonani to'ldirib turadi va mitotik
xromosomalarning matriksi asosini tashkil etadi. Bu fibrillyar-granulyar tuzilma
hosil bo'lgan qiz hujayralarga o'tadi. Erta telofazada fibrillyar tuzilmalar asta-sekin
to'plana boshlaydi. RNK sintezi tiklanishi bilan granulalar hosil bo'lib yadrocha ti-
klanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|