|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Xromatin oqsillari
Xromatin oqsillari quruq massaning 60-70% tashkil etadi. Bular giston va
giston bo'lmagan oqsillarga ajratiladi.
Giston oqsillarini xromatindan ajratib birinchi bo'lib, A.Kossel 1890 yilda
o'rgangan. Gistonlar-uncha katta bo'lmagan oqsillar bo'lib, zaryadlangan lizin va ar-
ginin aminokislotalarini tutadi. Uning bu xususiyati DNK molekulasiga qattiq
yopishishiga yordam beradi.
Giston oqsillar 5 fraksiyadan iborat:
1. H1 (inglizcha-
histone
)- lizinga boy giston
2. H2b o'rtacha lizinga boy giston.
3. H2a o'rtacha lizinga boy giston.
4. H3 argininga boy giston
5. H4 argininga boy giston.
Bu fraksiyalar bir-biridan molekulyar og’irligi bilan farq qiladi. H1 gistoni
boshqa fraksiyalarga nisbatan 2 marta kam uchraydi. Gistonlar (H1 dan tashqari)
strukturasi jihatidan o'xshashdir. H1gistoni ancha yirik - 220ta aminokislotali, qol-
ganlari o'rtacha -102 aminokislotadan iborat.
Gistonlar sitoplazmadagi polisomalarda DNK replikatsiyasidan oldin sin-
tezlanadi. Sintezlangan gistonlar sitoplazmadan yadroga o'tib u erda DNK moleku-
lasi bilan bog’lanadilar va kamida to'rtta hujayra bo'linishi davomida bog’lanishni
saqlaydilar. Giston oqsillari DNKning maxsus taxlanishida (kompaktizatsiya) va
traskripsiya jarayonini boshqarishda ishtirok etadilar.
Giston bo'lmagan oqsillar fraksiyasiga xromatin bilan bog’langan fermentlar
va spesifik regulyatorlik ya'ni DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligini tanib oluvchi
oqsillar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|