30
Hayvon hujayrasi organizmdan ajratib olinib suvga solib qo'yilsa biroz vaq-
tdan so'ng hujayra shishib yoriladi, chunki plazmatik membrana orqali ichiga suv
kiradi. Organizm ichida bu xodisa ro'y bermaydi, chunki u yerda hujayralararo
suyuqlikdagi tuzlar kontsentratsiyasi hujayra ichidagi kontsentratsiyasiga yaqin.
Chuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizmlar ham lizis-
lanmaydi (parchalanmaydi). Chunki doimiy ravishda hujayra nasosi - qisqaruvchi
vakuol ishlaydi. Izotonik muhitda yashovchi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi
vakuol yo’q .
Agarda suvga bakteriya yoki o'simlik hujayrasi joylashtirilsa, uning hujayra
devori butun bo'lsa u lizislanmaydi. Agar maxsus fermentlar ta'sir ettirib hujayra
devori eritilsa shu vaqtning o'zida hujayra shishib yoriladi. Demak, hujayra devori
hujayra ichiga ortiqcha suv kirishidan saqlar ekan. Hujayra ichiga suv kirgan ma-
halda hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha suv kirishi-
ga to'sqinlik qiladi.
O'simliklarning hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan:
1. Amorf gelsimon matriksi- polisaxaridlar bo'lmish gemisellyuloza va pek-
tindan;
2. Tolasimon komponent -sellyuloza tolalaridan iborat.
Matriksi 60% ni sellyuloza tolalari esa 30%ni tashkil etadi. Paxta tolasida sel-
lyuloza 90% gacha bo'ladi. Undan tashqari hujayra devori tarkibida boshqa modda-
lar ham uchraydi: lignin- yog’ochlanishga olib keladi;, suberin – po'kak hosil qiladi;
mum va kutin moddasi -himoya vazifasini bajaradi va suv bug’latishdan saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: