94
Meyozning ahamiyati
Jinsiy usul bilan ko'payadigan organizmlarda bir hujayradan 4ta gametalar
hosil bo'lib, ularning har biri ota-ona hujayralariga nisbatan ikki marta kam xromo-
somalarga ega. Urug’lanish natijasida ikkita gameta qo'shilib, shu tur uchun xos
xromosomalar soni tiklanadi. Meyoz bo'lmaganda gametalar qo'shilishi xromoso-
malar sonining ikki hissa oshishiga olib kelar edi.
Meyoz gametalarda genlarni yangi kombinasiyalarini hosil bo'lishiga olib ke-
ladi. Bu esa avlodlarning genotipi va fenotipida o'zgarishlar yuzaga kelishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: