|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiBo'linish duki mikronaychalari3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Bo'linish duki mikronaychalari
hayvon hujayralari bo'linish apparatida
ikkita zonadan iborat: ikkita sentrosfera zonasi va ular orasida joylashgan bo'linish
duki (axromatin duki) tolalari zonasi. Bu zonalarda ko'p sonli mikronaychalar
mavjud. Mikronaychalar bu apparatning markaziy qismida sentriolalar atrofidagi
sentrosfera va xromosomalarning sentromerasiga yaqin kinetoxor uchastkalarida
hosil bo’ladi.
Bo'linish dukida ikki xil tolalar farqlanadi: qutbdan qutbga tortilgan uzluksiz
tolalar va xromosoma tolalari – xromosomalarni qutblarning biri bilan tutashtiru-
vchi. Ular orasida oraliq tolalar - tarqaluvchi xromosomalarda uchraydigan va uzu-
luvchi ya'ni bir qutbdan chiqib ikkinchisiga yetib bormagan tolalar uchraydi.
Shunday qilib, hayvon hujayralarida mikronaychalarning hosil bo'lish marka-
zi sentriolalar va xromosomalarning kinetoxor uchastkalari hisoblanadi.
Yuksak va tuban o'simlik hujayralari va ba'zi sodda organizmlar
mikronaychalardan iborat bo'linish apparatini sentriolalar ishtirokisiz hosil qiladilar.
Bu holda mikronaychalar hosil qilish markazi kinetoxor uchastkalaridan tashqari
hujayraning qutblaridagi membranalar tutami va yadro membranasi bilan
bog’langan zich plastinkalar hisoblanadi.
Kiprikchali infuzoriyalarning kipriklari asosida ko'plab bazal tanachalar joy-
lashgan bo'lishiga qaramay, bularda ham bo'linish apparati sentriolalar ishtirokisiz
boradi.
Kimyoviy jihatdan bo'linish duki 90% oqsil, 6% RNK, lipid va polisaxarid-
lardan tuzilgan.
|
|
|