|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulot jihozlari:
odam xromosomalari kariotipi, xromosomalar morfol-
ogiyasi tasvirlangan jadval, xromosoma tuzilishi, euxromatin va geteroxromatin aks
etgan slaydlar.
Xromosomalar bo'linayotgan hayvon hujayralarida 1882 yilda Flemming va
o'simlik hujayralarida Strasburger tomonidan aniqlangan. Xromosoma nomini 1888
yilda ularning bo'yalish xususiyatiga qarab Valdeyer bergan.
Xromosomalar morfolgiyasini o'rganishning eng qulay vaqti bo'linishning
metafaza davri, chunki bu davrda xromosoma maksimal spirallashgan bo'lib, yaxshi
ko'rinadi. Lekin aniqlanishicha, xromosomalarning kondensatsiyasi telofazagacha
amalga oshadi. Bu ularni uzun DNK molekulasi hujayralar orasida to'siq hosil
bo'layotganda shikastlanishdan saqlar ekan.
Xromosoma tanasini ikkiga birlamchi belbog’i-sentromera- ajratadi. Uning
joylashishiga qarab: 1. Metasentrik-teng yelkali 2. Submetasentrik – noteng yelkali
va 3. akrosentrik - bitta yelkasi juda kalta bo'lgan xromosomalarni ajrati-
ladi(22rasm).
Sentromera yoki kinetoxor- xromosomaning muhim tarkibiy qismi bo'lib,
1937 yilda K.Darlington tomonidan shunday nomlangan. Bu yerda tubulin polimer-
izatsiyalanib bo'linish duki mikronaychalari hosil bo’ladi va xromosomalarni hujay-
rani qutblariga tortadi. Sentromerada DNK zanjirining o'rami cho'ziqroq bo'lganligi
uchun bu joy xromosomaning boshqa joylarga qaraganda och bo'yaladi. Sentro-
merada uchta zona farqlanadi: o'rta kinetoxor uchastkasiga xromosomalar birikadi,
ikkita chekka qismi xromatidlarni biriktiradi. Odatda xromosomalarda bitta sentro-
mera bo'ladi-monosentrik , lekin disentrik(di-ikki) va polisentrik(poli-ko'p) xromo-
somalar ham uchraydi.
|
|
|