79
Euxromatin qismida esa faol genlar joylashadi va bu yerda xromosomalar
spirallashishi bo'shroq bo'ladi. Shuning uchun och bo'yaladi.
Geteroxromatin uchastkalari telomerlar, sentromeralar, yadrocha markazi
atrofida uchraydi.
Fakultativ va strukturaviy geteroxromatin ajratiladi. Fakultativ geteroxroma-
tin vaqtinchalik kondensatsiya holatiga o'tadi, bunda uning yuzasida sintez jarayon-
lari to'xtaydi. Lekin bu holat vaqtinchalik bo'lib, funksional faolligi tiklanganda
yana euxromtinga aylanadi.
Strukturaviy geteroxromatin bunday holatga o'tmaydi. Unda hech qanday sin-
tez jarayonlari bormaydi.
Geteroxromatinning ba'zi bo'laklari yadro ichki membranasida joylashadi.
Uning bu aloqasi shunchalik mustahkamki sentrifugalash natijasida ham uzilmaydi.
Bog’lanishlar yadro poralari joyida yo’q.
Xromosomalarning uzunligi 0,2-5,0mkm, eni 0,2-3,0mkm bo'lishi mumkin.
Ayrim hasharot va amfibiyalarning xromosomalari yirik, zamburug’ va suvo'tlarin-
ing xromosomalari esa mayda bo'ladi. Odam xromosomalarining kattaligi 1-10
mkm ga teng.
Bir hujayradagi barcha xromosomalar yig’indisi xromosoma to'plami
deyiladi. Ikki xil to'plam farqlanadi – gaploid- “ n” va diploid- “2n”.
Dostları ilə paylaş: