O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Kariotip
 
Turning  bir  somatik  hujayrasidagi  xromosomalari  soni,  ularning  katta-
kichikligi,  tuzilishi,  har  bir  xromosomada  sentromerani  joylashishi  hammasi  bir-
galikda  tur  kariotipini  hosil  qiladi.  O'zaro  yaqin  turlar  ham  kariotipi  bo'yicha  farq 
qiladi.  
Kariotip har bir tur uchun doimiy bo'lib, shu turning asosiy belgilaridan biri 
hisoblanadi.  Kariotipda  autosomalar  va  jinsiy  xromosomalar  alohida  ko'rsatiladi. 
Masalan, odamning somatik hujayralarida kariotip 46 (2n) xromosomalar to'plami-
da bo'lib, autosomalari 44, jinsiy xromosomalari ayolda-XX va erkakda-XY ko'rin-
ishda bo'ladi. 
Juda  yaqin  turlar  ham  xromosomalar  to'plami  bilan  farq  qiladi.  Bu  farq  bir 
xromosoma  soni  yoki  o'lchami,  shakli  ko'rinishida  namoyon  bo'lishi  mumkin. 
Shuning uchun kariotip taksonomik( sistematikada ishlatiladigan) belgi hisoblanadi. 
Xromosomalar  taxlil  amaliyotida  yana  bir  usul  qo'llaniladi.  Bu  xromosoma-
larning  differensial  bo'yalish  usuli.  Xromosomalar  fluoroxrom  bo'yog’i  bilan 
bo'yalganda  mikroskop  ostida  ular  yuzasida  yo'l-yo'l  chiziqlar  paydo  bo'ladi.  Bu 
chiziqlar har bir xromosoma uchun muayyan bo'lib takrorlanmasdir, xuddi odamn-
ing  barmoq  izlari  singari.  Tashqi  tuzilishi  jihatidan  bir  xil  bo'lib  ko'ringan  xromo-
somalar  differensial  bo'yalgandan  keyin  bir-biridan  butunlay  farq  qiladi.  Bu  usul 
odam xromosomalarini sinchiklab o'rganishga yordam berdi. Sitologik tahlilning bu 
usuli odam xromosomalari xaritalarini tuza boshlashga, ya'ni genlarning joylashgan 
joyini aniqlashga asos soldi. Odam xromosomalari ularning katta kichikligiga karab 


 
80 
7  ta  guruhga  ajraladi.  Tashqi  tuzilishi  jihatidan  1-2chi  juft  xromosomalari  yirik, 
13chi  juft  xromosoma-  akrosentrik,  19-20-lari-  mayda  ekanligini  ko'rish  mumkin. 
Lekin,  differensial  bo'yash  usuli  yordamida  xatto  bitta  guruhga  kiruvchi  xromoso-
malar orasida ham farq borligi ma'lum bo'ldi. 
Ayollarda XX va erkaklarda XY bo'lib genlar nisbati 1098ta ayollarda : 78ta 
erkaklarda;  nukleotidlar  soni  -160  mln  ayollarda;  23  mln  erkaklarda.  Erkaklarning 
turli kasalliklarga beriluvchanligi, ayollarga  nisbatan ular xromosomalari orasidagi 
farq  hisoblanadi.  Chunki  ayollardagi  bitta  X  xromomsomasidagi  buzilishlar  ikkin-
chi xuddi shunday xromosoma hisobiga tiklanadi.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə