81
Organizmda doimiy yangilanib turuvchi to'qimalar (epiteliy, qon, biriktiru-
vchi ) bo'lib, ularning hujayralari doim bo'linib turadi. O'simlik organizmida bunday
to'qima kambiydir.
Hujayra sikli uchta bosqichdan iborat: 1. interfaza. 2. mitoz 3. sitokinez.
Hujayra siklining turli davrlari bir-biridan DNK, RNK, oqsil miqdori bilan
ajraladi.
Interfaza uchta davrdan iborat: sintezdan avvalgi G1, sintez S, sintezdan key-
ingi G2 davri.
Sintezdan avvalgi davr hujayra hajmining ortishi va DNK sinteziga tayyor-
garlik davri. Bu davrdagi hujayra hajmining ortishi sintez davridagi DNK sintezi
uchun sharoit hisoblanadi. G1 davrda DNK va RNK metabolizmi fermentlari sin-
tezlanadi.
Sintetik davr hujayra siklining asosiy davri. Uning blokadasi (qurshovi) siklni
to'xtatib qo'yadi. DNK sintezisiz hujayralar mitotik bo'linmaydi. Bundan ikkita
bo'linish orasida replikatsiyaning bo'lmasligi mustasnodir. S davrning davomiyligi
DNK replikatsiyasining o'tish tezligiga bog’liq, har xil hujayralarda turlicha 30
minutdan 7 soatgacha.
S davrning o'tishi uchun zarur RNK va oqsillar sintezi G1 davrda boshlangan
bo'lib, bu yerda davom etadi. DNK sinteziga parallel ravishda sitoplazmada gis-
tonlarning sintezi va ularning yadroga migratsiyasi (o'tishi), ularning DNK bilan
bog’lanishi amalga oshadi. Bu darvda rRNK sintezlanib, u G2 davrda mitozning
borishi uchun ishlatiladi.
Postsintetik yoki premitotik davr G2. Interfazaning boshqa davrlariga nis-
batan qisqa. Ba'zi hollarda bo'lmasligi mumkin. Ayrim hujayralar esa bu darvda
uzoq qolib ketadi.
Bu davrda hujayra RNK lari va oqsilari sintezi davom etadi. Mitozning bor-
ishi uchun kerak bo'lgan iRNK sintezi boradi. Undan avval hujayra bo'linishini bel-
gilab beruvchi oqsillar sintezida ishtirok etadigan ribosomalarning rRNK si sin-
tezlanadi. Mitotik bo'linish dukining oqsili tubulin ham shu davrda sintezlanadi. Bu
davrda keyingi G1 davrning kechishi uchun kerak bo'lgan RNK sintezlanadi.
Ko'rinib turibdiki darvlar bir-birini to'ldirib boradi.
O'simlik va hayvonlarning o'suvchi hujayralari orasida
sikldan tashqari hujay-
ralar mavjud. Bular G1 ga kirmaydi va S va G2 davrlarini o'tmaydi. Bunday hujay-
ralar G0 davri hujayralari deb ataladi. Bular tinim holatdagi yoki ko'payish
xususiyatini yo’qotgan hujayralar. Bu hujayralarning bo'linish xususiyatining
yo’qolishi ularning maxsus vazifani bajarishga moslashishi bilan bog’liq. Lekin,
ko'pincha bu holat vaqtinchalik bo'ladi. Masalan, jigar hujayralarining ko'pchiligi
G0 davrda bo'lib, DNK sintezida qatnashmaydilar va bo'linmaydilar. Lekin,
jigarning bir bo'lagi olib tashlansa, hujayralar G1 davrga o'tib ko'paya boshlaydilar.
Boshqa a'zolarda hujayralar hujayra siklidan chiqib differensiatsiyalashib
(shakllanib) bo'linish qobiliyatini butunlay yo’qotadi. Masalan, nerv hujayralari
embrionda bir necha marta bo'linish siklini o'tgandan keyin bo'linishdan to'xtab dif-
ferensiatsiyalashib bo'linish qobiliyatini yo’qotadi va shu holatda organizm umrin-
82
ing oxirigacha saqlanadi. Teri epiteliysi hujayralari ko'payishdan keyin bir oz vaqt
faoliyat ko'rsatib so'ng o'ladi. Bunday holat yangilanib turuvchi to'qimalarda
uchraydi: ichak epiteliysi, suyak iligi, taloq, limfa tugunlari. O'simliklarda bu ho-
latni o'sish konusida ko'rish mumkin. Kuzatuvlar shunday xulosaga olib keladiki :
hujayra oldida ikkita yo'l turadi ko'payish yoki maxsus vazifani bajarish – differen-
siatsiyalanish va hujayra bu ikki yo'lning birini tanlashi kerak.
Keyingi vaqtda G0 bosqichining qaytuvchanligi aniqlandi. Qurbaqaning bosh
miyasida G0 davrida turgan nerv hujayrasi olinib, qurbaqa ootsitiga joylashtirilsa,
qandaydir faktorlar ta'sirida yadroda DNK sintezi boshlanadi. Demak G0 davridagi
yadro majburiy ravishda hujayra sikliga o'tadi.
Dostları ilə paylaş: