|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiHujayralarning bo'linishi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Hujayralarning bo'linishi
Tiriklikning eng asosiy xususiyati – ko'payib o'zidan nasl qoldirishdir. Bir hu-
jayrali organizmlar o'z populyatsiyasini ko'paytirish maqsadida, ko'p hujayrali or-
ganizmlar hujayralari o'sish hujayralarni yangilash uchun ko'payadilar.
Prokariot hujayralar hech qanday bo'linish apparatini hosil qilmay to'g’ridan-
to'g’ri ikkiga bo'linish –binar yo'l bilan ko'payadilar. Lekin, bunda ikkita yangi
DNK molekulasi qiz hujayralarda aniq taqsimlanadi. Bu jarayon quyidagicha amal-
ga oshadi. Replikatsiyadan so'ng DNK molekulalari plazmatik membrana bilan
bog’lanib qolaveradilar. Plazmatik membrana ikkita yangi DNKlar orasidan o'sib
ularni hujayraning ikki tomoniga tortadi. Hujayra to'sig’i rivojlangandan keyin har
bir molekula yangi hujayrada joylashadi. Bakteriya bo'linishi jarayoni eukariotlarga
o'xshab fazalarga ajratilmaydi. DNKning replikatsiyasi ularda hujayra sikli davom-
ida uzluksiz ravishda davom etadi. Ya'ni bakteriya hujayrasi doim S davrda bo'lib,
doimiy ravishda ko'payib turadi. Bu holat atrof muhitda ozuqa etarli bo'lguncha
davom etadi. Shundan so'ng hujayralar soni kamayib, ko'pchiligi nobud bo'lib, qol-
ganlari spora ko'rinishiga o'tadi. Spora holatida bakteriyalar ming yilgacha saqla-
nadi.
Eukariot hujayralar 2 xil usulda : universal , keng tarqalgan mitoz yoki kari-
okinez va kam uchraydigan amitoz usulida bo'linadilar.
Mitoz
Birinchi marta hujayralardagi yadroning bo'linishini 1874 yilda rus olimi
I.D.Chistyakov aniqlagan. Mitoz atamasini birinchi marta 1882 yilda V.Flemming
qo'llagan.
Bo'linish sikliga kirgan hujayralarda mitoz davri ko'p vaqtni egallamaydi.
Masalan: ildiz meristemasi hujayralarida interfaza 16-30soat, mitozni o'zi - 2-3 soat
davom etadi. Ichak epiteliysi hujayralarida interfaza 20soat, mitoz - 1 soat kechadi.
Tuxum hujayraning maydalanish bosqichida butun hujayra sikli 1 soatga bormaydi.
Mitoz quyidagi fazalardan iborat: profaza, metafaza, anafaza, telofaza.
Fazalar orasida aniq chegara yo’q. Chunki mitozning o'zi silliq kechadi. Faqat
anafazaning boshini aniqlash mumkin.
|
|
|