|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.83
Profaza
Unga interfazadagi G2 davrni o'tgan hujayralar kiradi. Ular replikatsiyadan
keyin 4sDNK miqdoriga ega.
Profaza boshida yadroda ingichka iplar-profaza xromosomalari ko'rina
boshlaydi. Ular kondensatsiyalana boshlab transkripsion faolligi susayadi. Profaza
mobaynida xromosomalar qisqarib yo’g’onlashadi.
Profaza xromosomalari ikkilangan lekin ikkita xromatidlar bir-biriga shunday
zich birikadiki, bitta bo'lib ko'rinadi. Demak, xromotidalar soni DNK miqdoriga
teng -4n-4s.
Xromosomalar kondensatsiyalanishiga parallel ravishda yadrochaning
yo’qolishi va yadro qobig’ining erishi kuzatiladi: yadro poralari yo’qolib, yadro
qobig’i avval fragmentlarga (bo’lakchalarga) keyin mayda membrana pufakchalari-
ga aylanadi.
Mitozdagi yadrochaning roli haqida turli olimlarning fikri mavjud. Ba'zilar
yadrocha erib ketib uning moddasi xromosomalar bilan birga qiz hujayralarga
taqsimlanadi deb hisoblaydi, ba'zilar esa yadrocha bo'linish dukini hosil qilishda
ishtirok etadi, deydi yoki yadrocha komponentlari yadro va sitoplazma o'rtasidagi
moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Endoplazmatik to’r hajmining kichrayishi kuzatiladi. U kalta sisterna va
vakuolalarga parchalanib yuzasidagi ribosomalar soni kamayadi.
Mitozning yana bir muhim hodisasi- bo'linish dukining hosil bo'lishi ham
profazada kuzatiladi. Bo'linish duki sentriolalar yoki ular ishtirokisiz hosil bo’ladi
(o'simliklarda).
Profazada S davrda duplikatsiyaga uchragan sentriolalar hujayraning ikki
qutbi harakatlanadi. Har bir qutbga bittadan diplosoma boradi. Ular orasida
mikronaychalar shakllanadi.
Erta profazada kondensatsiyalanayotgan xromosomalarning sentromera
uchastkalarida kinetoxor qismlari ko'rina boshlaydi. Bu joy bilan bo'linish duki
mikronaychalari birikadi.
Profaza yadro qobig’ining erib karioplazma bilan sitoplazma aralashib ketishi
bilan tugaydi(23rasm).
|
|
|