O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Telofaza
 
Xromosomalarning qutblarga tortilib bo'lgandan keyin boshlanadi. Erta telo-
fazada xromosomalar dekondensatsiyalanadilar (iplari yoyiladi) va hajmlari ortadi. 
Ularning sitoplazmadagi pufakchalarga tegib turgan joyida yadro membranasi hosil 
bo'la boshlaydi. Yadro qobig’i tiklangandan keyin xromosomalarning SAT zon-
alaridan yadrocha shakllanadi.  
Bo'linish duki buzilib uning moddalari hujayra ekvatorida fragmoplastni hosil 
qilib, undan o'z navbatida yangi plazmatik membrana elementlari hosil bo'lib, ikkita 
hujayra orasida to'siq hosil qiladi. 
Endoplazmatik to’r elementlari anafazada hujayra ekvatoriga joylashib, bu 
yerda zich o'ramni hosil qiladi va qiz hujayralarning orasida to'siq hosil qilishda 
ishtirok etadi. 
Telofazaning muhim hodisasi- sitokinez. O'simliklarda hujayra ichida to'siq 
hosil bo'lishi bilan boradi. Hujayra markazida endoplazmatik to’r elementlaridan 
tuzilgan fragmoplast hosil bo’ladi. Endoplazmatik to’r elementlari pektin moddasini 
sintezlay boshlaydilar, ular pufakchalar ko'rinishida hujayra markazida to'planib 
chekkalarga qarab tortiladi. Vakuolalar qo'shilib plastinkani hosil qiladi. Plazmatik 
membrana plastinka bilan qo'shilib yangi membranani hosil qiladi. 
Hayvonlarda plazmatik membrananing ichkariga botib kirishi haqida “qis-
qaruvchi xalqa” farazi mavjud. Unga asosan hujayraning kortikal qatlamida plaz-
matik membrananing ostida mushak hujayralaridagi fibrill tolalariga o'xshash 
tuzilmalar joylashgan bo'lib, ularning qisqarishi plazmatik membrananing ichkariga 
botib kirishini ta'minlaydi.  
Mitoz har doim ham sitokinez bilan tugamaydi. Ba'zi hujayralar-
da(endosperm) bir necha marta bo'linish sikli takrorlanib, sitokinez ro'y bermagan-
ligi uchun yirik ko'p yadroli hujayralar hosil bo’ladi. 
Hujayra va yadro bo'linishini stimullovchi faktorlarga DNK , RNK va oqsil-
larning faol sintezi, tashqi muhitning ijobiy ta'siri, moddalar almashinuvi ja-
rayonining yuqori darajada bo'lishi kiradi. Mitozni tormozlovchi faktorlarga keskin 
harorat(shok), zaharli moddalar, narkotiklar kiradi. 
Mitoz butun hujayraning bo'linishi bo'lgani uchun hujayraning hamma kom-
ponentlari bunda ishtirok etadi. Endoplazmatik to’r membranalari mayda element-
larga, Golji apparati alohida diktiosomalarga ajraladi. Hujayra markazi 
mikronaychalar bilan to'lgani uchun hujayra komponentlari va organoidlari chekka 
qismlarga suriladi. Hujayra bo'lingandan keyin organoidlar passiv ravishda ikkita 
hujayraga taqsimlanadilar. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə