O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Rudolf  Virxovning
 
1858
  yilda  chop  etilgan  "Sellyulyar  patologiya"  asari  katta  o'rin  egallaydi.  Uning 
"hujayra faqat hujayra dan" – (omnis cellula a cellula) degan iborasi sitologiyaning 
rivojlanishiga  turtki  bo'ldi.  Bu  esa  hozirgi  vaqtda  hujayra  -  mavjud  hujayraning 
bo'linishi natijasida hosil bo'ladi degan ma'noni anglatadi. Hujayralardan tashqarida 
hayot  yo'q  degan  ibora  hozirgacha  o'z  qadrini  yo'qotgani  yo'q.  R.Virxovgacha 
M.Shleyden o'z kuzatuvlarida hujayralarning hosil bo'lishida shu hujayraning o'zida 
mavjud donador massa ishtirok etadi deb noto'g’ri fikr yuritadi. 
Shu tariqa hujayra nazariyasi yangi postulatlar bilan boyitildi 
3.Hamma hujayralar mavjud hujayraning bo'linishi orqali hosil bo'ladi. Bu te-
zis hujayralarning o'z-o'zidan hosil bo'lish usullarini inkor etadi. 
4.Ko'p hujayrali organizmning faolligi uning hujayralari faolligi va o'zaro bir-
biri bilan munosabatda bo'lishi orqali ta'minlanadi. Bunga asosan organizm - hujay-
ralar  to'dasi  emas  balkim  o'zaro  muloqotda  bo'lgan  hujayralar  yig’indisi  ya'ni  tiz-
imidir.  Unda  har  bir  hujayraning  faolligi  qo'shni  hujayralar  faoliyatiga  bog’liqdir. 
Masalan,  eritrositlar  organizmdagi  barcha  hujayralarni  kislorod  bilan  ta'minlaydi. 
Neyronlar  nerv  zanjirini  hosil  qiladi,sekret  bezlari  hujayralari  gormon  ishlab 
chiqaradi. 
Hujayralarda yuzaga keladigan bunday differensiatsiyalar negizida genlardagi 
faollik  katta  ahamiyatga  ega.  Zigotadagi  hosil  bo'layotgan  hujayralar  hammasi  bir 
xil tabiatlidir. Lekin organogenez bosqichida ularning differensiatsiyasi boshlanadi. 
DNK da joylashgan genlar o'zlarida turli informatsiyani tutadilar: nafas olish, ovqat 
hazm  qilish,  ayirish,  eshitish.  Embrionda  hujayralar  hosil  bo'layotganda  qaysi  gen 
uchastkasi aktiv bo'lsa shu vazifani bajarishga moslashgan hujayra yuzaga keladi. 
5.  Hujayraviy  tuzilish  irsiy  axborotning  saqlanishi,  ko'payishi,  uzatilishi  va 
amalga oshirilishini ta'minlaydi. 
XX- asrning boshlari sitologiya fanining rivojlanishida uyg’onish davri bo'l-
di. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə