|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.–
sinezezisni
hosil qiladi. Leptonemada xromosomalar yuzasida xromomeralarni ko'rish mum-
kin.Ular ipga tizilgan munchoqlarga (marjonlarga) o'xshaydilar. Xromomeralarinig
soni va joylashgan joyi har bir xromosoma uchun doimiy. Bu esa xromosomalar
morfologik xaritasini tuzishga yordam beradi.
Leptonemada meyozning muhim jarayoni-xromosomalar konyugatsiyasi
boshlanadi. Bu bosqichda har bir xromosoma yuzasida oqsil tabiatli tuzilma hosil
bo'lib u keyinchalik
sinaptonemal kompleks
ni (
SK
) hosil qiladi(24rasm).
2.
Zigonema –
qo'shiluvchi iplar bosqichi. Gomologik xromosomalarning
qo'shilishi (
sinapsis
) bosqichi. Gomologik xromosomalar qo'shilib
bivalent
larni
hosil qiladilar. Har bir bivalent 4ta xromatiddan iborat. Mitozdan farq qilib meyoz-
da zigonemada ba'zi organizmlarda (loladoshlarda) maxsus DNK sintezlanishi
ma'lum bo'lgan. Bu DNK- zDNK nomini olgan bo'lib, u G-S bog’lariga boy. Zi-
gonema davrida maxsus moddalar bilan bu DNKning sintezi to'xtatilsa xromosoma-
lar konyugatsiyasi to'xtaydi. Zigonemadagi gomologik xromosomalarning
qo'shilishi maxsus SK yordamida amalga oshadi. SK deyarli barcha eukariotlarda
uchraydi. Morfologiyasi jihatdan 3 qavatli tasmani eslatadi (kurtkani molniyasi). 2ta
89
yon tortmalar va markaziy element(24rasm). Xromosomalar yon tortmalar yuzasida
joylashib markaziy elementlar bir-biriga zich birikadi. Shu ko'rinishda SK keyingi
paxinema bosqichigacha saqlanadi.
|
|
|