98
Poliploid somatik hujayralar hosil bo'lishining boshqacha usuli sutemi-
zuvchilarda kuzatiladi. S davridan keyin 4s DNK ga ega bo'lgan hujayralar mitotik
bo'linadilar va uning hamma fazalarini o'tadilar, lekin telofazadan keyin sitokinez
ro'y bermaydi. Natijada 2 yadroli hujayra hosil bo’ladi (2n+2n). Bu hujayra yana bir
marta S davrni o'tishi natijasida ikkala yadro 4s DNK va 4 n xromosalarga ega
bo'lib qoladi. Bunday hujayra mitozga kirib metafazada ikkala yadrodagi hujay-
radagi xromosomalar qo'shiladi (8n) va keyingi normal bo'linishdan 2 ta tetraploid
hujayra hosil bo’ladi. Shu usul bilan jigar, buyrak, ko'z setchatkasi, oshqozonosti
bezida poliploid hujayralar hosil bo’ladi.
Bu jarayonning biologik ahamiyati nimadan iborat? Shuni aytish kerakki, bu
holat yuqori takkomillashgan, maxsus vazifalarni bajaruvchi hujayralarda uchraydi.
Bunday hujayralar bo'linishda ishtirok etmaydi. Hasharotlardagi politen xromoso-
malar hasharotning metamorfozi natijasida lizislanadi. Endomitoz natijasida hosil
bo'lgan hujayralar mitoz yo'li bilan ko'paya olmaydi, ular faqat amitoz yo'li bilan
ko'payadi.
Somatik poliploidiyaning asosiy mohiyati hujayralar o'lchamini katta-
lashtirish orqali ular unumdorligini oshirishdan iborat.
Butunlay differensiatsiyaga uchragan hujayra bir vaqtning o'zida ham o'zi-
ning ko'payishi uchun kerak va to'qimaning faoliyati uchun kerak mahsulotlarni sin-
tezlay olmaydi. Ba'zan bunday o'tishlar organizm uchun zarar ham bo'lishi mumkin.
Masalan, nerv hujayralari bo'linishi uchun ular bajarayotgan vazifasini o'chirib turib
keyin bo'linishga kirishi mumkin. Endoreproduktsiya hujayralarga asosiy vazifasi-
dan uzluksiz ravishda o'z hajmini kattalashtirib ish maydonini kengaytirishga
yordam beradi. Poliploidiya natijasida vegetativ va generativ a'zolar o'sadi. Kar-
toshka tuganagining kattalashishi endomitozlangan hujayralar hajmining ortishi na-
tijasida bo'ladi.
O'simliklarda poliploidiya bitta turga kiruvchi organizmlar xromosomalarinig
qo'shilishidan- avtopoliploidiya yoki chatishrirish natijasida
har xil turlarga kiruvchi
organizmlar xromosomalarining qo'shilishidan - allopoliploidiya xos bo'lishi mum-
kin. Poliploidlar orasida bitta xromosomasi kam yoki ko'p bo'lgan o'simliklarni
uchratish mumkin. Bu holat aneuploidiya deyiladi.
Aneuploidiya anafazada gomologik xromosomalar ajralmasdan hujayraning
bitta qutbiga tortilishi natijasida hosil bo’ladi.
Diploid to'plamiga bitta ortiqcha xromosoma qo'shilgan organizmlar
Dostları ilə paylaş: