101
Sog’lom hujayrada bu fermentlar tashqaridan kirgan yod moddalarni par-
chalash vazi-
fasini bajaradi.
3. Fermentlar ta'sirida lizislanishi. O'tkir pankreotit (oshqozonosti bezi sha-
mollashi) ka-
salligida ortiqcha fermentlarning sintezi plazmatik membranani nekrozga
(o'limiga)
keltiradi.
4. Hujayraga kirayotgan viruslar ta'sirida lizislanadi.
5. Kimyoviy va fizikaviy omillar ta'sirida (yuqori yoki past harorat, kimyoviy
moddalar)
Plazmatik membrana shikastlanishi oqibatlari:
1. Strukturaviy butunlikning yo’qolishi. Uncha katta bo'lmagan o'zgarishlar
tiklanishi mumkin, lekin bunda plazmatik membrana yuzasi kamayadi.
2. To'siq vazifasining buzilishiga sabab bo'ladi, bu esa
hujayra ichiga ortiqcha
suv kirishiga olib keladi.
Plazmatik membrana shikastlanishi turlari: membrana patologiyasi ularning
o'tkazuvchanligining buzilishi, membrana orqali trasportning buzilishi, membrana
harakati va hujayra shaklining o'zgarishi, sintez va almashinuvning buzilishi.
Membranalar shaklining o'zgarishi morfologik jihatdan deformatsiya (o'zgar-
ish) va maxsus tuzilmalar atrofiyasi (ishlamay qolishi) bilan teshiklar va uzilishlar
hosil bo'lishi bilan tafsiflanadi.
Mitoxondriyalar shikastlanish sabablari ATF sintezi buzilishi bilan bog’liq.
Glyukoza energiya hosil bo'lishida asosiy substrat va bosh miya neyronlari
uchun asosiy energiya manbaidir. Shuning uchun qonda glyukoza miqdorining ka-
mayishi (gipoglikemiya) ATF sintezining kamayishiga olib keladi,bu ayniqsa miya
hujayralarida bilinadi.
Dostları ilə paylaş: