O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

 
Apoptoz
 
Organizmlarning  rivojlanishi  jarayonida  bir  qism  hujayralar  hech  qanday 
fizikaviy  yoki  kimyoviy  o'zgarishlarsiz  nobud  bo'lib  turadi.  Ya'ni  ularning  “sab-
absiz”  o'limi  sodir  bo'ladi.  hujayralar  o'limini  ontogenezning  deyarli  hamma  bos-
qichlarida  kuzatish  mumkin.  Masalan,  neyroblast  va  gonadotsitlarning  nobud 
bo'lishi, hasharotlar va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralarning nobud bo'lishi ( 
itbaliqning  dumi  va  tritonning  jabralari  rezorbtsiyasi).  Voyaga  yetgan  organizmda 
ham  domiy  ravishda hujayralarning to'satdan o'limi  sodir  bo'lib  turadi.  Qon hujay-
ralari-neytrofillar,  teri  epidermisi  hujayralari,  ingichka  ichak  hujayralari  –  en-
terotsitlar  millionlab  nobud  bo'ladi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki 
hujayra o'limi hujayralararo aloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko'p hujayrali 
organizmlarning hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan “signal” olishlari kerak. 
Bunday signallarning bo'lmasligi hujayrada o'z-o'zini nobud qilish mexanizmi ishga 
tushishiga  olib  keladi.  Masalan  neyron  hujayralarini  o'stiruvchi  omil  (NGF)  bo'l-
masa ular nobud bo'ladilar. 
Jigar  hujayralaridagi  apoptozda  quyidagi  jarayonlar  kuzatiladi.  Jarayonning 
boshida  hujayralarning  qo'shni  hujayralar  bilan  aloqasi  uziladi,  ular  bujmayib, 
yadrolarda  xromatin  kondensatsiyalanib,  yadro  va  undan  keyin  hujayraning  o'zi 
ham  mayda  bo'laklarga  parchalanib,  har  bir  bo'lak  plazmatik  membrana  bilan 
o'raladi. Bu  hosil  bo'lgan  bo'laklar  apoptoz  tanachalar  deb  ataladi.  Apoptoz  hujay-
raning  erib  ketishi,  lizisiga  emas  maydalanishi  yoki  parchalanishiga  olib  keluvchi 
jarayon. Plazmatik membrana bilan o'ralgan apoptoz tanachalar o'ziga makrofaglar-
ni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar yordamida apoptoz tanachalarni 
hazm qiladi. Qizig’i shundaki, makrofaglar qo'shni sog’ hujayralarga tegmasdan fa-
qat  apoptoz  hujayralarini  tanib  oladi.  Bunga  sabab  apoptoz  natijasija  plazmatik 
membrananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan fosfolipid 
-  fosfatidilserin  chiqib  qoladi.  Bu  hol  esa  makrofaglar  uchun  signal  bo'lib  xizmat 
qiladi.  Shunday  qilib,  tanlab  olinadigan  fagotsitoz  orqali  to'qimalar  nobud  bo'lgan 
hujayralardan tozalanadilar. 
Demak,  apoptoz  hujayraning  genetik  programmalashtirilgan  o'limi  bo'lib, 
bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi. 


 
107 
Apoptozga  turli  tashqi  omillar-  nurlanish,  toksinlar  sabab  bo'lishi  mumkin. 
DNKda ro'y beradigan qaytmas salbiy o'zgarishlar, mitoxondriyalarda energetik ja-
rayonlarning  buzilishi,  endoplazmatik  to’rda  oqsil  sintezining  to'xtashi  ham  apop-
tozni keltirib chiqarishi mumkin. 
Apoptoz  yo'li  bilan  ayrim  hujayralarning  olib  tashlanishi  – 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə