O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mashg’ulot jihozlari
: bakteriya hujayrasi, o'simlik va hayvon hujayrasi tas-
virlangan slaydlar va jadvallar. 
Hujayra  -  tirik  organizmning  tuzilish  asoslari,  yashash  jarayonlarini 
ta'minlovchi  hamda  irsiy  belgilarni  o'zida  mujassamlashtirgan  tuzilmadir.  Bino-
barin, o'simlik yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo 
tuzilmalar  yig’indisidan  tarkib  topgan.  Fiziologik  holatiga  ko'ra,  hujayralar  shakli 
va  tarkibi  har  xilligi  bilan  bir  -  biridan  farq  qiladi,  ya'ni  hujayralarning  vazifasi 
ularning  shaklini belgilaydi. Tarixiy  biologik  rivojlanish  nuqtai  nazaridan qaraydi-
gan bo'lsak, hayot yer yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan, 
aniqrog’i,  hujayralar  paydo  bo'lishidan  kelib  chiqqan.  Masalan,  dastlab  yumaloq 
shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo'lgan. So'ng ular tanasida moddalar 
almashinuvi  jarayoni  paydo bo'lgan. Yillar  o'tishi bilan tarixiy  biologik  rivojlanish 
davom  etib,  atrof  -muhit  o'zgarishi  va  yashash  sharoitining  yana  ham  murakka-
blashishi  oqibatida  asta-  sekin  murakkab  tuzilgan  yangi  organizmlar  paydo  bo'la 
boshlagan.  Bu  esa,  albatta,  ular  tanasidagi  oqsillar  tuzilishiga  ham  tarkibiy 
o’zgarishlar  kiritgan,  natijada  ular  turli  vazifalarni  bajarishga  ham  moslashib  bor-
gan.  Ma'lumki,  hozirgi  fan  nuqtai  nazaridan  qaraganda,  tirik  organizmlarning 
rivojlanishida  nuklein  kislotalar-  DNK  va  RNKlar  asosiy  vazifani  bajaradi.  Ular 
o'zida  genetik  ma'lumotlarni  saqlab  keladi  va  organizm  uchun  zarur  bo'lgan  oqsil 
moddalarni sintezlaydi . 


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə