O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Plazmatik membrana mozaika modelining ko'rinishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

6-rasm. Plazmatik membrana mozaika modelining ko'rinishi
 
Biologik ahamiyatiga ko'ra membrana oqsillarini 3 guruhga ajratish mumkin: 
fermentlar, retseptorlar, strukturaviy oqsillar. 
Membrana tarkibiga kiruvchi fermentlarning turi hujayraning bajaradigan va-
zifasiga qarab o'zgarib turadi. 
Retseptor  oqsillari  biror  modda  bilan  birikib  tanib  olish  vazifasini  bajaradi. 
Masalan, gormonlarni, qo'shni hujayralarni tanib oladigan reseptorlar. 
Strukturaviy  oqsillar  tabiati  oxirgacha  o'rganilmagan  bo'lib,  taxmin  qilin-
ishicha ular membranani stabillashtirib turish vazifasini bajaradi. 
Hujayra membranasida uchraydigan lipidlar asosan 3 guruhdan: fosfolipidlar, 
sfingomielinlar, steroidlar uchraydi. 
Steroidlar  guruhini  tashkil  qiluvchi  lipidlar  orasida  membrana  tarkibida  xo-
lesterin  ko'p  uchraydi.  U  juda  muxim  bo'lib  membrananing  suyuqlik  darajasini 
boshqarib  turadi.  O'simlik  hujayralarida  xolesterin  o'rnini  fitosterin  egallaydi.  hu-
jayraning  turli  membranalari  bir-biridan  lipidlarining  miqdori  bilan  ajralib  turadi. 
Plazmatik  membrana  tarkibida  ular  35-40%  ni  tashkil  etsa,  mitoxondriyalar  mem-
branasida 27-29% ni, nerv hujayralarining miyelin qobiqida 80% ni tashkil etadi. 
Membrananing  uglevodlariga  oqsil  molekulalari  bilan  birikkan  va  glikopro-
teinlarni tashkil etgan guruh kiradi. 
Plazmalemmaning vazifalari : 1To'siq. 2Transport (tashuvchi). 3Retseptorlik 
(sezgirlik). 
Qo'shimcha vazifalariga:  
1) hujayra tashqarisidagi biopolimerlarni parchalashi; 
2) hujayralararo aloqani ta'minlashda ishtirok etishi; 


 
25 
3)  hayvon  hujayralarida  o'simtalarni:  mikrotukcha,  kiprikcha,  xivchinlarni 
hosil qilishi; 
4) hujayra bo'linishida ishtirok etishi kiradi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə