|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Hujayralararo aloqalar
Plazmatik membrana hujayralararo aloqada faol ishtirok etadi. Bu aloqalar
ko'p hujayrali organizm hujayralari orasida sodir etadi. Embrional rivojlanish dav-
rida hujayralar yuzasi bir-biri bilan yopishib birikadi. Bu birikish oddiy aloqa
–
adgeziya
deyilib, bunda ikkita hujayra orasida 20 nm li bo’shliq hosil bo'lib u
glikokaliks bilan to'lib turadi. Voyaga yetgan organizmlarda epiteliy to'qimasida
uchraydi.
Qulfchali
yoki ilmoqli aloqa bitta hujayraning plazmalemmasi ikkinchi hu-
jayra plazmalemmasi ichiga botib kiradi. Fibroblastlar uchun xosdir.
Zich aloqa
ikkita hujayraning membranalari bir-biriga maksimal yaqinlash-
gan bo'lib ikkala hujayraning tashqi qavatlari o'zaro qo'shilib ketganday bo'ladi.
Aloqaning sitoplazma tomonida ko'pgina fibrillalar joylashadi. Bunday aloqa faqat-
gina hujayralarning zich aloqasini ta'minlab qolmay balki shu joylarda hujayraga
moddalar kirmaydi, ya'ni hujayra tashqi muhitdan izolyatsiyalanadi ( ajratiladi).
Bunday aloqa bir qavatli epiteliy hujayralari uchun xos(7rasm).
Dostları ilə paylaş: |
|
|