O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Gialoplazmaning submembranali tizimi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

                              Gialoplazmaning submembranali tizimi
 
Hujayra  tashqi  apparatining  submembrana  tizimi  faqat  eukariotlarda  bo'lib, 
unda  2  ta  asosiy  qism  ajratiladi:  hujayraning  tayanch  qisqarish  tizimi  va  periferik 
(chekka) gialoplazma. 
Tayanch-qisqarish tizimi  -  mikrofibrillalar,  mikronaychalar va skeletli fibril-
lyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar deyarli barcha eukariot hujayralarda 
uchrab, tayanch vazifasini bajaradi. 


 
29 
Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsil-
lari  kiradi. Bu oqsillar  membrana  ostida mikrofilamentlardan iborat to'rni  hosil qi-
ladi. 
Tayanch-qisqarish  tizimining  yana  bir  komponenti  mikronaychalar.Ularni 
tarkibi  80%  tubulin  oqsilidan  iborat.  Mikrofibrillalar  singari  mikronaychalar  o'zi 
yig’ilib va tarqalib turadigan tizim. 
Mikrofibrillalar va mikronaychalar plazmatik membrana o'simtalarini mikro-
tukchalar, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishda ishtirok etadilar. 
Hayvon  hujayralari  yuzasida  ko'p  uchraydigan  o'simtalar  mikrotuk-
chalardir.Ular  sitoplazmaning  hosilalari  bo'lib  plazmatik  membrana  bilan  o'ralgan 
bo'ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epiteliysining 1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha 
to'g’ri keladi. Mikrotukchalar orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikoka-
liks  bilan  to'lgan  bo'lib  shu  joyda  moddalar  ichkariga  so'riladi.  Vazifasi  oxirgacha 
o'rganilmagan, asosan so'rish maydoni hajmini kattalashtiradi. 
Plazmatik membrana o'simtalarining yana bir ko'rinishi kiprikcha va xivchin. 
Plazmatik  membrana  bilan  o'ralgan  bo'lib,  asosida  bazal  tanachasi  bo'lgan 
mikronaychalardan tuzilgan. Diametri  200  nm.,  uzunligi 200  mkm.  Kiprikcha  1 ta 
bo'lsa xivchin deyiladi. Hayvon hujayralarida uchraydi, o'simliklarda erkak gamet-
alarda hosil bo’ladi. Vazifasi harakat. 
Har  bir  kiprikchaning  asosida  bazal  tanacha  joylashib  u  hosil  qilgan 
mikronaychalar kiprikchani ichini to'ldirib turadi. Har bir kiprikchani hosil qilishda  
9  ta  duplet  periferik  va  2  ta  markaziy  mikronaychalar  ishtirok  etadi(9x2)+2.    Du-
pletlarni markaziy mikronaychalar bilan dinein oqsilidan iborat tuzilma bog’lab tu-
radi. 
Bazal  tanachani  hosil  qilishda  9  ta  mikronaychalarning  tripletlari  ishtirok 
etadi (9x3)+0. 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə