O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


O'simlik hujayra devorining hosil bo'lishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

O'simlik hujayra devorining hosil bo'lishi
 
Matriksning  amorf  moddasi-pektin  va  gemisellyuloza  Golji  apparatida  sin-
tezlanib  plazmatik  membrana  orqali  ekzositozlanadi.  Sellyuloza  tolalari  plazmatik 
membranada  joylashgan  maxsus  fermentlar  yordamida  sintezlanadi.  Birlamchi, 
ikkilamchi, uchlamchi hujayra devori farqlanadi. 
Hujayra  bo'linishida  xromosomalar  ekvator  tekisligida  joylashgandan  keyin 
mayda membranali pufakchalar hosil bo'lib hujayra markazida to'planadi. Ular bir-
biri bilan hujayra markazidan boshlab chekkalariga tomon qo'shila borib plazmatik 
membranagacha  yetadilar.  Shu  tariqa  hujayra  plastinkasi  hosil  bo’ladi.  Hujayra 
plastinkasining  markazi  pufakchalar  tarkibidagi  amorf  modda  bilan  to'ladi.  Pufak-
chalarning  kelib  chiqishi  Golji  apparati  bilan  bog’liq.  Plastinkaning  chekkalarida 
sellyuloza  tolalari  to'planadi.  Shunday  qilib,  o'sayotgan  hujayra  plastinkasi  uch 
qavatdan:  markaziy  o'rta  plastinkadan  (amorf  modda),va  ikkita  periferik  birlamchi 
qobiq (gemisellyuloza va sellyuloza). Plastinkani hosil qilishda bo'linayotgan hujay-
ra ishtirok etsa, birlamchi devor yangi qiz hujayralar faoliyatidan hosil bo’ladi. 
Hujayradan tashqarida plazmatik membrana ustida fermentlar ishtirokida sel-
lyuloza fibrillari sintezlanadi, shu tariqa ikkilamchi qobiq shakllanadi. Keyinchalik 
gemisellyuloza  moddasining  o'rnini  lignin  egallab  yog’ochlanish  boshlanadi. 


 
31 
Uchlamchi qobiq sitoplazma periferik qismlarining qurib degeneratsiyaga uchrashi 
natijasida hosil bo’ladi. 
Zamburug’ hujayrasining tashqi yuzasi tolasimon tuzilishga ega bo'lgan xitin 
moddasi  bilan  qoplangan.  Undan  tashqari  zamburug’  hujayra  devori  tarkibiga 
sitoplazmada  sintezlangan  va  hujayradan  tashqariga  chiqarilgan  glikoproteidlar  va 
turli oqsillar kiradi. 
Bakteriya hujayralarining tashqi yuzasi polimer modda mureindan iborat. Bu-
larni  hosil  qiluvchilar  ham  hujayra  ichida  sintezlanib  hujayra  tashqarisida  shaklla-
nadi. 
Shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  eukariot  va  prokariot  hujayralar  tashqi 
yuzasida  hosil  bo’ladigan  tuzilmalar  kimyoviy  tuzilishi  va  vazifasi  jihatidan  bir-
biriga yaqindir: ularning tarkibi asosan polisaxaridlar, ular hujayraning faoliyati na-
tijasida  hosil  bo'lib,  ularning  tashqariga  chiqarilishida  membrananing  tuzilmalari 
ishtirok etadi. Bu belgilar glikokaliks, o'simlik va bakteriya hujayralaridagi hujayra 
devori  kabi  tuzilmalarini  yaqinlashtiradi,  bularning  vazifasi  ham  bir  xil:  hujayra 
atrofida maxsus muhitni hosil qilish, yuzasida turli fermentlar joylashadi, retseptor-
lik vazifasini bajaradi. Lekin, hayvon hujayrasidan farq qilib, o'simlik va bakteriya 
hujayra devori qo'shimcha ravishda osmoregulyatorlik vazifasini bajaradi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə