O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


- rasm. Endoplazmatik to’rning(EPT) ko’rinishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

8- rasm. Endoplazmatik to’rning(EPT) ko’rinishi.
 
Ikkala  endoplazmatik  to’r  morfologik  jihatdan  o'xshash  bo'lsada  funksional 
jihatdan farq qiladi. Silliq endoplazmatik to’rning faoliyati lipidlar va polisaxaridlar 
metabolizmi bilan bog’liq. Masalan, jigar hujayralarida Golji apparati atrofida silliq 
endoplazmatik  to’r  bo’shliqlarida  yog’  tomchilarini  ko'rish  mumkin.  Agar  kal-
amushlarga yog’ tomchilarini to'planishiga olib keladigan moddalar berilsa birinchi 
yog’ tomchilari silliq endoplazmatik to’r bo’shliqlarida ko'rinadi. 
Silliq  endoplazmatik  to’rda  ayniqsa  steroidlar  sintezlanadigan  hujayralarda, 
jigar  hujayralarida  va  mushak  tolalarida  glikogen  tuplanadi.  Jigarda  silliq  en-


 
38 
doplazmitik  to'r  zonasi  kattalashib  ketishi  patologik  jarayon  bilan  bog’liq.  Turli 
kimyoviy moddalar, kanserogenlar, zaxarli moddalar, gormonal preparatlar ta'sirida 
hujayralar  o'zining  bazofil  sitoplazmasini  yo’qotib  ularda  RNK  miqdori  kamayadi 
va silliq endoplazmitik to'r miqdori ko'payadi. Jigar hujayralari silliq endoplazmatik 
to’r yordamida bu moddalarning salbiy ta'siriga qarshi kurashadi. 
Ko'ndalang targ’il muskullarda silliq endoplazmitik to'r vakuolalari va kanal-
lari (sarkoplazmatik retikulum) har bir miofibrillni o'rab turadi. Bu  yerda silliq en-
doplazmitik to'r kalsiy ionlarini to'plashi natijasida mushak tolasi bo'shashadi. 
O'simliklarda  silliq  endoplazmitik  to'r  steroid,  lipidlar  sintezida  ishtirok  etu-
vchi hujayralarda uchraydi. 
Hujayra  membranalarining sintezi. Endoplazmitik to'rning muhim xususiyati 
hujayra membranalarining hosil qilishda ishtirok etishidir. Endoplazmatik to’r ele-
mentlari hamma hujayra oqsillarini, membrana lipid qavati moddalarini sintezlaydi 
va  membrananing  lipoproteid  tuzilmasini teradi. Endoplazmatik  to’rda  Golji  appa-
rati, sekretor vakuolalar, integral oqsillarni sintezlanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə