O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Golji apparati. 1. Shoxlanib ketgan kanalchalar; 2. Sisternalar



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

9-rasm. Golji apparati. 1. Shoxlanib ketgan kanalchalar; 2. Sisternalar; 
3. Medial bo'limning kanallari; 4. Trans bo'limning kengaygan sisternalari.
 
Golji  apparati  vazifalari
.  Golji  apparatining  membranali  pufakchalari  en-
doplazmatik  to’rda  sintezlangan  mahsulotni  to'plash,  kimyoviy  o'zgarishi  va 
yetilishida  ishtirok  etadi.  Golji  apparati  tsisternalarida  polisaxaridlar  va  mukopro-
teidlar sintezi kechadi va eng muhimi Golji apparati ishtirokida sekret mahsulotlari 
hujayradan tashqariga chiqariladi.  
Endoplazmatik  to’rdagi  ribosomalarda sintezlangan  eksport oqsili  endoplaz-
matik  to’r  sisternalarida  to'planadi  va  Golji  apparati  membranalari  zonasiga  ta-
shiladi.  Bu  yerda  endoplazmatik  to’rdan  oqsilga  to'lgan  mayda  vakuolalar  ajralib, 
Golji  apparatining  proksimal  qismidagi  vakuolalar  zonasiga  kiradi.  Bu  yerda 
vakuolalar  bir-biri  bilan  va  sisternalar  bilan  qo'shiladi  va  shu  tarzda  to'planadi. 
Shundan  so'ng  to'plangan  oqsil  sekretor  granulalarga  aylanishi  yoki  suyuq  holda 
qolishi  mumkin.  Keyin  Golji  apparati  sisternalaridan  oqsilli  vakuolalar  ajralib  bir-
biri  bilan  qo'shilib  yiriklashadi.  Bu  vakuolalar  plazmatik  membrana  tomon  hara-
katlanib  ularning  membranasi  plazmatik  memebrana  bilan  qo'shiladi  va  vakuolar 
ichi  mahsuloti  hujayradan  chiqariladi.  Bu  jarayon  pinositozga  teskari  bo'lgan 
ekzositozdir. Donador endoplazmatik to’rda sintezlangan eksport oqsillari, masalan 
hazm  qilish  fermentlari  Golji  apparatidan  hujayraning  tashqarisiga  passiv  holatda 
(proferment)  chiqariladi.  Funksional  joyiga  yetib  borib  bu  proferment  faollashadi. 
Masalan,  tripsin  fermenti  o’n  ikki  barmoqli  ichakda  faollashadi.  Bu  jarayon  mex-
anizmlari  oxirgacha  o'rganilmagan,  lekin  ularning  borishi  uchun  ATF  zarur.  Golji 
apparatida  shuningdek,  metabolik  jarayonlar  boradi,  oqsillar  modifikatsiyaga 
uchraydi.  


 
40 
O'simlikning  yangi  hosil  bo'lgan  hujayralarida  yadro  atrofida  Golji  appa-
ratining aktivligi oshib unda hujayra devori matriksi polisaxaridlarining sintezi bo-
radi  (gemisellyuloza,  pektin).  Golji  apparati  pufakchalari  hujayra  plastinkasining 
kerakli joyiga mikronaychalar orqali birikib bu erda plazmatik membranaga qo'shi-
ladilar va yangi hujayra devori mahsulotlarini sintezlaydilar. 
Golji apparatida mutsin glikoproteini sintezlanib u shilimshiq moddani hosil 
qiladi. Bu modda ichak shilimshiq pardasi va nafas yo'llari yuzasidagi hujayralarda 
hosil bo’ladi. Ildiz qini hujayralaridagi Golji apparatida mukopolisaxaridlarga boy 
shilimshiq modda ishlab chiqarilib u ichkariga qarab o'sayotgan ildizni tuproq zar-
rachalariga  ishqalanishidan saqlaydi. Hasharotxo'r  o'simliklar bargi hujayralaridagi 
Golji apparati shilimshiq modda va ferment ishlab chiqarib, ularning yordamida bu 
o'simliklar o'ljasini tutib hazm qiladi. Ko'p hujayralarda Golji apparati mum - o'sim-
lik yelimini sintezlaydi. 
Ba'zan Golji apparati lipidlar transportida ishtirok etadi. hazm qilish jarayon-
ida  lipidlar  parchalanib  ingichka  ichakda  yog’  kislotalari  va  gliserol  ko'rinishida 
so'riladi. So'ng endoplazmatik to'rda lipidlar resintezlanadi (qayta sintezlanadi), ular 
oqsil qobig’i bilan qoplanib Golji apparati orqali plazmatik membranaga tashiladi. 
Plazmatik membranaga o'tib bu yog’lar limfa tizimiga tushadi. 
Qisqaruv vakuolasi bor tuban o'simliklar hujayralarida vakuolalar Golji appa-
rati  sisternasining  kengayganidan  hosil  bo’ladi.  Qisqarish  vaqtida  u  plazmatik 
membrana  bilan  qo’shilib  ichidagi  mahsuloti  ekzositoz  yo'li  bilan  tashqariga 
chiqadi. 
Hujayradan moddalarning chiqarilishi Golji apparatining plazmatik membra-
na  bilan  uzluksiz  bog’langanligidan  sodir  bo'ladi.  Golji  apparatidan  plazmatik 
membranaga  yo'nalgan  membranalar  oqimi  mavjud  bo’lib,  ikkinchi  tomondan 
doimiy  ravishda  endopalazmatik  to'rdan  Golji  apparatiga  yo'nalgan  vakuolalar 
oqimi  mavjud.  Uning  proksimal  qismi  membranalari  plazmatik  membranaga 
qo’shiladi.  Ba'zi  olimlarning  fikricha  plazmatik  membrananing  yangilanib  turishi 
Golji  apparati  hisobiga  amalga  oshadi:  lipidlar  sintezi,  lipoproteinlarning  hosil 
bo'lishi, ularning lipoproteidlar bilan bog’lanishi shu yerda sodir bo'ladi. 
Hujayra  bo'linishida  Golji  apparati  diktiosomalarga  ajralib  qiz  hujayralarga 
tasodifiy taqsimlanadi. Hujayra o'sgan sari diktiosomalar soni ortib boraveradi. Bu 
mexanizm  oxirgacha  o'rganilmagan.  Ba'zi  olimlarning  ta'kidlashicha  Golji  appa-
ratining  o'sishi  yadro  membranasidan  ajralib  chiqadigan  membranalar  evaziga 
amalga oshadi. 
Golji  apparati  hamma  eukariot  hujayralarda  uchraydi  (sutemizuvchilarning 
eritrositlaridan tashqari). Lekin hamma hujayralarda ham oqsil, lipid va polisaxarid-
lar sintezlanavermaydi. Masalan, mushak, leykositlar, qoplovchi epiteliy, hujayrala-
ri. Lekin shunga qaramay bularda Golji apparati yaxshi rivojlangan bo'ladi. Chunki 
bu hujayralarda lizosomalar hosil bo'lib Golji apparati bunda ishtirok etadi.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə