O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

 


 
41 
Lizosomalar
 
Lizosomalar membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida 1955 yilda belgiya-
lik bioximik De Dyuv tomonidan topilgan bo'lib, ularni o'rgangani uchun olim No-
bel mukofotiga sazovor bo'lgan. Kallamush jigaridan olingan fraksiyalarni o'rganish 
mobaynida  olim  ularning  ba'zilari  turli  moddalarni  parchalash  xususiyatiga  ega 
bo'lgan  gidrolitik  fermentlarga  ega  ekanligini  payqaydi.  Bu  fermentlar  maxsus 
sitoplazmatik  tanachalar 
lizosomala
r  ekanligi  va  ularning  fermentlari  faqatgina 
lizosoma  membranasi  shikastlanganda,  shok  holatlari  yuzaga  kelganda,  yoki  lizo-
somalarning o'zi boshqa bir vakuola bilan qo'shilganda faollashadi. 
Lizosomalarning  membranasi  polisaxaridlardan  tuzilgan.  Lizosomalarda  40 
ga  yaqin  gidrolitik  fermentlar  bo'lib,  turli  moddalarni  parchalash  xususiyatiga 
ega.Yangi  hosil  bo'lgan  lizosomalar  birlamchi  lizosomalar  deyiladi,  ularning  fer-
mentlari passiv bo'ladi. 
Lizosomalar  turli  organ  hujayralarida  jumladan  buyrak  hujayralarida  topil-
gan. Bu  yerda  lizosomalar organizmga  kirgan begona  oqsillarni konsentratsiyalash 
vazifasini bajaradi. Ya'ni, ular hujayraga pinositoz va fagositoz yo'l bilan kirgan be-
gona moddalarni detoksikatsiyalash va parchalash xususiyatiga ega. 
Morfologik jihatdan lizosomalarning 4 tipi farqlanadi: birlamchi lizosomalar, 
ikkilamchi  lizosomalar,  autofagosomalar,  telolizosomalar  (  qoldiq  tanachalar) 
(10rasm). 
Birlamchi  lizosomalar  -  mayda  100nm  kattalikdagi  vakuolalar  bo'lib,  ichi 
fosfataza fermentiga to'lgan bo'ladi. Bu ferment donador endopalazmatik to'rda sin-
tezlanib, diktiosomalarning proksimal qismiga o'tadi va u yerdagi mayda vakuolalar 
tarkibiga kiradi va birlamchi lizosomalarlarni hosil qiladi. 
Keyinchalik birlamchi lizosomalarlar fagositoz yoki pinositoz vakuolasi bilan 
qo'shilib  ikkilamchi  lizosomalarni  yoki  hujayra  ichi  hazm  qilish  vakuolasini  hosil 
qiladi. Bunda birlamchi lizosomalar ichidagi fermentlar faollashib vakuola ichidagi 
mahsulotni  parchalay  boshlaydi.  Vakuolalarning  kattaligiga  qarab  ikkilamchi  lizo-
somalar turli hajmda bo'ladi. 
Lizosomalar bir-biri bilan qo’shilish xususiyatiga ega va ularga tushgan bio-
gen moddalar monomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi va u yerdan 
hujayraning turli joylariga tashiladi.  
Lizosomalar faoliyatini amalga oshiruvchi mexanizm mavjudligi haqida fan-
da  quyidagi  faraz  mavjud:  lizosomalarning  hujayra  ichida  faol  harakatini 
ta'minlovchi retseptorlar vazifasini membranasining tashqi yuzasidagi izofermentlar 
bajaradi. Lizosomalarning hujayra ichidagi harakatida mikronaychalar ishtirok etadi 
deb  taxmin  qilinadi,  chunki  maxsus  ingibitorlar  ta'sirida  mikronaychalar  par-
chalansa, lizosomalarning harakati to'xtaydi. 
Autofagolizosoma  ichidagi  mahsulotlar  parchalangandan  keyin  u  yana 
ikkilamchi lizosomaga aylanadi va yana bir necha marta boshqa fagosomalar bilan 
qo'shiladi.  Lekin  parchalanish  jarayonlari  ba'zi  lizosomalarlarda  oxirigacha 
bormaydi,  bunda  hazm  bo'lmagan  qoldiqlar  lizosomalarning  ichida  qolib  qoldiq 


 
42 
tanachalari-  telolizosomalarga  (qoldiq  tanacha)  aylanadi.  Qoldiq  tanachalarda  fer-
mentlar  kam  bo'lib  ularda  moddalar  qayta  tuziladi,  zichlashadi.  Ko'pincha  qoldiq 
tanachalarda turli lipidlar yig’ilib ko'p qavatlilikni hosil qiladi. 
Lizosomalar  deyarli  barcha  eukariot  hujayralarda  uchraydi  ,  lekin  uning 
uchrash chastotasi hamma hujayralar uchun turlichadir. Hayvon hujayralarida lizo-
somalarlar ko'proq readsorbsiya (qayta so'rilish) va oqsil mahsulotlarini parchalash 
jarayonlari  boradigan  hujayralarda:  makrofaglar,  leykositlar,  jigar  va  buyrakda 
uchraydi. 
Leykositlarda  (immun  hujayralar)  passiv  holatda  hujayra  sitoplazmasida 
birlamchi  lizosomalar  suzib  yuradi.  Leykosit  hujayrasi  biror  bakteriyani  fagositoz 
yo'l  bilan  yutishi  zaxotiyoq  birlamchi  lizosomalarlar  tezda  ichidagi  fermentlarini 
fagositar  vakuolaga  to'kadilar  va  ikkilamchi  lizosomalarni  hosil  qiladilar.  Demak, 
lizosomalar adaptiv immunitet hosil qilishda ishtirok etadi. 
Undan tashqari, lizosomalar hujayra ichi mahsulotlarini o'zgartirishda ishtirok 
etadi.  Qalqonsimon  bez  hujayralaridagi  endopalazmatik  to'rda  tiroglobulin  oqsili 
sintezlanadi. Tiroglobulin Golji apparati yordamida qalqonsimon bez follikulalariga 
chiqariladi. Bu yerda gormonal qo'zg’atishga uchrab qaytib pinositoz yo'l bilan bez 
hujayrasiga tushadi. Pinositoz vakuolasi birlamchi lizosomalar bilan qo'shilib uning 
fermentlari  tiroglobulinni  qisman  gidrolizlaydi  va  tiroksinga  aylantiradi.  Shundan 
so'ng gormon qonga chiqadi. 
Autolizosomalar  (autofagosoma)  morfologik  jihatdan  ikkilamchi  lizosoma-
lardir.  Tarkibida  sitoplazmaning  ayrim  fragmentlari,  ba'zan  esa  hujayraning  ayrim 
tuzilmalari: mitoxondriya, plastida, endopalazmatik to'r, ribosomalar uchraydi. Au-
tolizosomalarning  hosil  bo'lish  mexanizmi  oxirgacha  o'rganilmagan,  lekin  taxmin 
qilinishicha birlamchi lizosomalar hujayra tuzilmalari oldiga kelib, ularni o'rab bir-
biri bilan qo'shiladilar va tuzilmani pinositoz yo'l bilan qamrab oladilar. Bu jarayon 
avtofagiya 
deyiladi.  Uning  funktsional  axamiyati  shundan  iboratki,  hujayra  o'ziga 
kerak bo'lmagan: ishdan chiqqan tuzilmalarni parchalab ularning o'rniga yangilarni 
hosil qiladi. Bu holda lizosomalar hujayra ichi sanitarlari vazifasini bajaradi. Ularn-
ing soni hujayra shikastlanganda oshadi.
 


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə