46
1. Suv konsentrlangan hujayra shirasi ichiga osmos yo'li bilan tonoplast orqali
o'tadi. Natijada sitoplazma hujayra devoriga yaqinlashib turgor holat yuzaga keladi.
Suvning osmotik ravishda kirishi hujayralarning o'sishi vaqtida cho'zilishiga
yordam beradi va mustahkamlik bag’ishlaydi.
2. Ba'zan vakuolalar tarkibida antosian pigmentlari uchraydi. Ularning ichida an-
tosianlar bo'lib gullar mevalar rangini belgilaydi.
3. Ba'zan vakuolalar tarkibida gidrolitik fermentlar bo'lib, bu holda vakuolalar lizo-
somalardek faoliyat ko'rsatadi: hujayra nobud bo'lgandan keyin tonoplast taranglig-
ini yo’qotib fermentlar sitoplazmaga chiqib hujayrani avtolizlaydi (o'z -o'zini erita-
di).
4. Vakuolalarda hujayra metabolizmining chiqindi moddalari saqlanishi mumkin:
oksalat kalsiy kristallari, alkoloidlar va tanin moddasi. Tanin moddasi o'simlikni
o'simlikxo'r hayvonlardan himoya qiladi.
5. Vakuolalar zahira oziqa moddalari to'planadigan joy ham hisoblanadi. Qand
moddasi suvda erigan holda to'planadi, polisaxaridlardan inulin bor. Urug’ hujay-
ralarida oqsil to'planadi. Oqsillar vakuolaning ichiga endopalazmatik to'r va Golji
apparati orqali ularning membranasi vakuolaning membranasi bilan qo'shilganda
kiradi. Oqsil - aleyron vakuolalarda albumin va globulin ko'rinishida to'planib
vakuolalar suvsizlanishi natijasida qattiq aleyron donachalariga aylanadi. Urug’lar
unib chiqqanda bu donachalar yana suvlanib vakuolalarga aylanadi. Bunday
vakuolalarda fermentlar ta'sirida oqsillar parchalanadi, ya'ni vakuola lizosoma faol-
ligini boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: