|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiMitoxondriyalarning hosil bo'lishi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mitoxondriyalarning hosil bo'lishi
Fanda mitoxondriyalar hosil bo'lishining 3 xil farazi mavjud :
1. Mitoxondriyalar hujayrada gialoplazmadagi ultramikroskopik tuzilmalar-
dan hosil bo’ladi.
2. Hujayraning boshqa membranali tuzilmalaridan hosil bo’ladi.
3. Mavjud mitoxondriyalarning bo'linish yo'li orqali hosil bo’ladi.
Birinchi faraz o'z rivojini topmagani sababi shuki, mitoxondriya tarkibiga
kiruvchi ko'pgina fermentlar sitoplazmada uchramaydi. Ikkinchi faraz hujayrada
hamma membranali strukturalar o'zaro bir - biri bilan bog’liqligiga asoslangan
bo'lib, uning negizida universal elementar membrana gipotezasi yotadi. Lekin bu
taxminlar ham biokimyoviy va morfologik dalillarga ega emas .
Uchinchi - mitoxondriyalar mavjud mitoxondriyaning bo'linishi orqali ko'pa-
yadi, degan g’oyani birinchi marta 1893 yilda Altman o'rtaga tashlagan. Uzun mi-
toxondriyalarning bir hujayrali suvo'tlarda fragmentatsiyasini (maydalanishini) ku-
zatgan.
Jigar hujayralarida mitoxondriyalarning o'rtasidan uzayib, ingichkalashib
bo'linishi kuzatilgan.
Achitqi zamburug’larda anaerob sharoitda sitoplazmasida promitoxondrial
tuzilmalar bo'lib, aerob muhitda ularnig morfologiyasi o'zgarib mitoxondriya sifati-
da rivojlanadi. Promitoxondriyaning kelib chiqishi sitoplazmadagi mavjud mitox-
ondriya bilan bog’liq.
Mitoxondriyalar oqsili sintezi tizimiga DNK, unda sintezlanadigan mitoxon-
drial RNK va ribosomalarga ega. Mitoxondriyalarning DNKsi siklik shaklga ega
bo'lib, bakteriyalarning DNK siga o'xshaydi va yadro DNK sidan nukleotidlarning
ketma-ketligi bilan keskin farq qiladi. RNK ning hamma turi uchraydi.
Mitoxondriyaning bunday avtonom sistemaga ega bo'lishi uning kelib chiqi-
shining endosimbiotik nazariyasining yaratilishiga olib kelgan. Unga asosan mitox-
ondriyalar bakteriyalar tipidagi organizm bo'lib, eukariotlar bilan simbioz hosil
qilgandirlar. Bu g’oyani Altman o'zining bioblastlar nazariyasida ilgari suradi.
Taxmin qilinishicha, evolyutsiya jarayoni mobaynida anaerob oksidlanish jarayon-
lari evaziga yashovchi ho'jayin hujayra ichiga oksidlanish fosforlanish fermentlariga
ega prokariot simbiont kiritilgan. Uning natijasida mitoxondriyalar genetik materi-
alining bir qismini yo’qotib, avtonomlik xususiyatiga ega bo'lib qolganlar
(L.Margulis).
Lekin mitoxondriyaning avtonomligi nisbiy hisoblanadi, chunki undagi
ko'pgina oqsillarinig sintezi yadro tomonidan genetic nazorat (control) qilinadi.
|
|
|