69
glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko'rinishida yoki proteidlar bilan qo'shilib lipo-
proteidlar ko'rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o'zgarib turadi. Ular yadro quruq
og’irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir.
Nuklein kislotatalarning ikki xili: DNK va RNK uchraydi.
Yadroning asosiy kimyoviy komponenti DNK bo'lib, u xromosomalar tarkib-
iga kiradi. DNK avloddan-avlodga genetik axborotni uzatadi; oqsil sintezini ko-
dlaydi. Hujayra yadrosidan DNKni birinchi marta 1869 yilda F. Misher ajratib ol-
gan. Bu modda tarkibida azot va fosfor borligini aniqlagan va unga nuklein deb
nom bergan. 1914 yilda Fyolgen DNKga rangli reaksiyani ko'rsatib bergan. O'n yil-
dan so'ng Fyolgen o'z reaksiyasiga asoslanib, DNKning xromosomalarda joylash-
ganligini ko'rsatgan.
DNK dan tashqari hujayra yadrosida uch xil: informatsion, ribosomal va
transport RNKlar bor. Yadroda har xil fermentlar ATF-aza, glikolitik fermentlar
bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi.
Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa ele-
mentlar ham topilgan.
Yadro ikki guruh umumiy vazifalarni bajaradi: 1.genetik material - DNKni –
o'zgarmasligini saqlash. 2. Genetik materialni keyingi avlodlarga uzatilishini amal-
ga oshirish va oqsil sintezini boshqarish. Yadroda DNK replikatsiyasi amalga oshib
yangi hosil bo'lgan hujayralarga genetik material teng taqsimlanadi. Meyoz na-
tijasida DNKning yangi rekombinatsiyalari vujudga keladi.
Yadro: yadro tashqi apparati, yadro shirasi, matriksi, genetik materialdan tar-
kib topgan.
Yadroning tashqi apparati yoki karioteka (
teka
-futlyar,korobka): yadro
qobig’i, poralar kompleksi va laminadan yoki plastinkadan tashkil topgan(19rasm).
Yadro membranasi yoki
Dostları ilə paylaş: