O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’quv – dala amaliyotini tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 199,79 Kb.
səhifə2/3
tarix20.01.2018
ölçüsü199,79 Kb.
#21838
1   2   3

O’quv – dala amaliyotini tashkil etishning shakli va mazmuni.




Zoologiyadan o’quv – dala amaliyoti davomida kunning birinchi yarmida talabalar ekskurtsiya o’tkazib, hayvonlarni kuzatishadi va material yig’ishadi. Kunning ikkinchi yarmida yig’ilgan materiallarni o’rganishadi. O’quv-dala amaliyotida talabalar quyidagi ishlarni bajaradi:


O’quv-dala amaliyotining maqsadi va vazifalari (kunning birinchi yarmida). Umurtqasiz hayvonlarni yig’ish, fiksatsiya qilish, jonsizlantirish va o’rganish usullari bilan tanishish, hayvonlarni yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, sistematik guruhlarga ajratish, kollektsiya tuzish, kundalik va hisobot yozish bilan tanishish.

Dukkakli-don o’simliklarda uchraydigan umurtqasiz hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Dasht - o’tloq zonasiga ekskursiya uyushtirish, zararkunanda hayvonlar va ular zararlagan o’simliklardan namunalar yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni xillarga ajratish, momiq to’shakchaga va fiksatorga joylashtirish; aniqlovchi kitob va to’g’irlagich taxtakash bilan ishlashni o’rganish.

Daraxt va butazorlar faunasini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Daraxt va butazorlar bilan qoplangan tog’ yonbag’rlariga ekskursiya uyushtirish, daraxt va butazorlar bilan bog’liq zararkunanda va yirtqich umurtqasizlarni o’rganish va namunalarini yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, fiksatsiya qilish, to’shakchalarga joylashtirish. Aniqlovchi kitob yordamida turkumlar va oilalarini aniqlash.

Bog’ va tog’-o’rmon zonasi umurtqasiz hayvonlarini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Tog’ yonbag’ridagi mevali va mevasiz daraxtlarda yashovchi hasharotlar va boshqa umurtqasizlardan namunalar yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ib kelingan namunalarni saralash, fiksatsiya qilish va saqlash. Hasharotlarning turkumlari, oilalari va ayrim keng tarqalgan turlarini aniqlash.

Suv va suv bo’yida yashovchi hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Suv havzalarida (daryo, soy, ko’l) va ular yaqinida yashovchi hasharotlardan namunalar yig’iladi.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalarni saralash, aniqlovchi yordamida turkum, oila va turlarga ajratish. Hasharotlar kollektsiyasini tuzish.

Asalarilar va tut ipak qurti hayotini o’rganish, o’rgimchaklar ovini kuzatish (kunning birinchi yarmida). Ipak qurti va asalarichilik xo’jaliklarida ipak qurti boqish va asalarilarni parvarish qilish ustidan kuzatish olib boriladi. Kuzatish natijalari yozib boriladi.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan namunalar saralanadi va matrapchalarga joylashtiriladi.

Yozgi o’quv-dala amaliyotida bajarilgan ishlar to’g’risida har bir talaba hisobot yozadi va o’quv dala amaliyoti bo’yicha baxolanadi.
Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti.

Zoologiyani o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.

– «Bo’shliqichlilar»ga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va elektron – didaktik texnologiyalaridan foydalaniladi;

– «Halqali chuvalchanglar», «Hasharotlar» mavzularini o’rganishda komandalar baxsi musobaqa darsi pedagogik texnologiyasidan foydalaniladi;

– talabalar mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlaridan foydalaniladi;

– talabalar reytingi o’z–o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlanadi;

– talabalar o’z bilimlarini matematik formula yordamida baholashadi.
Didaktik vositalar

Rangli rasmli jadvallar

Mulyajlar

Hul va quruq preparatlar

Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi

Mikroskoplar

Lupalar

Jarrohlik vannachalar



Petri idishlari

Pintsetlar

Jarrohlik qaychilar

Kompyuter



Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar,

Skelet, Mulyajlar, Ho`l va quruq preparatlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Jarrohlik qaychilari.



2-bo’lim. Gistologiya
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

Gistologiya va embriologiya fani bo’yicha umumiy ma’lumotlar, fanning predmeti va metodlari, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi. Gistologiya va embriologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, boshqa biologiya fanlari o’rtasida tutgan o’rni.

Gistologiya va embriologiya fanining qisqacha tarixi. Gistologiya va embriologiya fani rivojlanishining asosiy davrlari. Gistologiya va embriologiyada eksprimental yo’nalish.
Gistologiya fani predmeti, tarixi va o’rganish metodlari. Gametogenez, gametalar tuzilishi

Boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi. Gistologiya fanining ahamiyati hamda biologik fanlar o’rtasida tutgan o’rni. Gistologiya fanining qisqacha tarixi. Gistologiya fani rivojlanishining asosiy davrlari, Gistologiya va embriologiya asoslari fanida eksprimental yo’nalish va uning hozirgi kun ahvoli. Gistologiya fanining istiqbollari va vazifalari. Tirik organizmlarda ko’payish xillari. Gametogenez va gametalarning tuzilishi. Spermatozoidning ultramikroskopik tuzilishi va har xil hayvonlarda urug’ hujayrasi shaklining xilma-xiligi. Tuxum hujayrasining tuzilishi. Tuxum qobiqlari. Tuxum hujayrasining sariqlik moddasining miqdoriga va tsitoplazmada tarqalishiga qarab klassifikatsiyasi. Graaf pufakchasini hosil bo’lishi.


Urug’lanish, maydalanish va gasrulyatsiya.
Tashqi va ichki urug’lanish hayvonlarda urchish jarayonlarining xilma-xilligi. Jinsiy urchishning biologik ahamiyati. Sun’iy urug’lantirish va undan chorvachilikda foydalanish, o’simliklarda urug’lanishning o’ziga xos xususiyatlari. Maydalanish xillari to’liq va chala maydalanish. egatchalar xillari. Blastulaning tuzulishi. Har xil hayvonlar blastulasining o’xshashligi va farqlari. Blastula xillari: tseloblastula, amfiblastula, periblastula, diskoblastula va marula haqida tushunchalar. Gastrulyatsiya xillari. Lantsetnikda gastrulyatsiya jarayoni. Gastrulaning xillari. Lantsetnikda, baliqlarda, amfibiyalarda, qushlarda va sut emizuvchilarda gastrulyatsiya jarayoni.

O’q organlar va daslabki organlar.
Baliqlarda gastruliyatsiyaning invoginatsiya va delyaminyatsiya bilan borishi, gastrotsel va sariqlik endodermasining hosil bo’lishi. Baliqlarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Amfibiyalarda gastrulyatsiyaning invaginatsiya va epiboliya xili bilan borishi. Amfibiyalarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Qushlar tuxumidagi embrional disk, qushlarda genzen tugunchasining hosil bo’lishi. Qushlarda gastrulyatsiyaning borishi, qushlarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Sut emizuvchilarda gastruliyatsiyaning o’ziga xos xususiyatlari. Sut emizuvchilarda o’q organlarining hosil bo’lishi. Amniotalarda provizor organlari shakllanishi. Seroz va amnion pardalar hosil bo’lishi va funktsiyasi. Amnion suyuqligining ahamiyati. Sariqlik xaltachasining hosil bo’lishi va funktsiyasi. Allontois shakllanishi va uning qushlar, sut emizuvchilar embrional rivojlanishidagi farqi. Xarion birlamchi va ikkilamchi vorsinkalar. Sut emizuvchilarda yo’ldoshning hosil bo’lishi. Yo’ldosh xillari. Determinatsiya jarayonida qaltis davrlar. Determinatsiya tushunchasi. Determinatsiyani aniqlash uchun o’tkazilgan V.Ru.Enders, SHpemanlarning tajribalari. A.Vaysman va SHpeman nazariyalari. Bir xil blastomerlarning shakllanishida muhitning ahamiyati, ekzogastrulyatsiya embrional rivojlanishda qaltis davrlar.
To’qimalarning ta’rifi.
To’qimali strukturalar, ularning komponentlari: hujayralar va ulardagi modda simplastlar. To’qimalarda hujayralarning o’zaro bog’lanishi. To’qimalar filogenezi va ontogenezi, klassifikatsiyasi.
Epiteliy to’qimasi.
Bir qavatli epiteliy. epiteliy to’qimasining tuzilishi, funktsiyasi, kelib chiqishi, regeneratsiyasi. epiteliy to’qimasining klassifikatsiyasi. Bir qavatli yassi, kubsimon, tsilindrik va ko’p qavatli epiteliy to’qimalari tuzilishi va funktsiyasi.
Ko’p qavatli va bezli epiteliy.

Muguzlanmaydigan va muguzlanadigan epiteliyning tuzilish qavatlari va funktsiyalari, klassifikatsiyasi. Bir hujayrali va ko’p hujayrali, oddiy va murakkab bezlar.



Biriktiruvchi to’qima.
Ichki muhit to’qimalari tavsifi va tasnifi, funktsiyalari. Mezenxima, uning hosil bo’lishi.

Qon va limfa.

Qon plazmasi va shaklli elementlari, ularning tuzilishi va funktsiyasi. Leykotsitlarning xilma -xilligi va ahamiyati. embrion va voyaga etgan organizmda qon hosil bo’lishi. Limfatik sistemaning shaklli elementlari va himoya funktsiyasi.


Asl biriktiruvchi to’qimalar

G’ovak biriktiruvchi to’qima, tuzilishi, tarkibi va xillari elastik, kollogen va retukulyar tolalarning tuzilishi. Zich tolali biriktiruvchi to’qimalar. Retekulyar, yog’, pigment to’qimalar tuzilishi va funktsiyasi. Zich tolali shakllanmagan va zich tolali shakllangan biriktiruvchi to’qimalar. Paylar, fatssiyalar va terining tursimon qavati va elastik membranalar.


Tog’ay to’qimasi

Gialin, elastik va tolali tog’aylar tuzilishining o’xshashligi va farqlari. Tog’ay ustki pardasi va uning ahamiyati xondroblastlar va xondrotsitlar. Tog’ay to’qimasi tolalari va oraliq moddalari. Tog’ay to’qimasining yoshga qarab o’zgarishi.



Suyak to’qimasi

Dag’al tolali va palastinkasimon suyak to’qimasi. Osteoblast va osteotsit hujayralar tuzilishining suyak to’qimasining oraliq moddasi. Suyak usti pardasi va uning ahamiyati. Naysimon suyakning tuzilishi. Suyakning mezenximadan va tog’ay o’rnida rivojlanishi, suyakning o’sishi va regeneratsiyasi. Suyak to’qimasining yoshga qarab o’zgarishi.


Muskul to’qimasi

Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi. Muskul to’qimasining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Skelet muskul tolalarining hosil bo’lishi. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasining ultramikroskopik tuzilishi. To’qima T-sistemasi, muskul tolalarining paylar bilan o’zaro munosabati. Muskullarning qisqarish mexanizmi. Ko’ndalang targ’il muskullarning rivojlanishi va regeneratsiyasi.

Yurak va silliq muskul to’qimasi. YUrak muskul to’qimasining morfologik va funktsional xususiyatlari, ultramikroskopik tuzilishi. YUrak muskul to’qimasini ko’ndalang targ’il muskul to’qimasidan farqi. Silliq muskul to’qimasining tuzilishi, funktsional xususiyatlari.
Nerv to’qimasi

Nerv to’qimasining umumiy tavsifi. Neyronlar va ularning klassifikatsiyasi. Neyronning ultramikroskopik tuzilishi. Neyrogliya uning xillari, tuzilish, mielinli va mielinsiz nerv tolalari sinapslar. Reflektor yoy haqida tushuncha. Nerv to’qimasi elementlarining regeneratsiyasi.



Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar o’rganilayotgan ob’ektning tuzilishini doimiy gistologik preparatlar, atlaslar va rasmli jadvallar yordamida o’rganishadi.

Laboratoriya ishlari uchun tavsiya etiladigan mavzular:

Jinsiy hujayralar tuzilishi va gametogenez. Spermatozoidning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishi hamda hayvonlar spermatozoidining xilma-xilligi jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Tuxum hujayralarning xillari, tuxum qobig’i, odam tuxum hujayrasi (Graaf pufakchasi)ning mikroskopik tuzilishi mikroskopik preparat va surtmalar yordamida o’rganiladi hamda albomga chizib olinadi.

Gametogenez. Tuxumdon va urug’donning tuzilishi va ularda gametalarning hosil bo’lishi jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Gametogenez bosqichlari sxemasi albomga chiziladi.



Urug’lanish. Hayvonlarda urug’lanish xillari, urug’lanishning tashqi va ichki fazalari jadvallar va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Urug’lanish bosqichlari sxemasi albomga chiziladi.

Maydalanish. Maydalanish jarayoni xillarini lantsetnik, baqa va qushlar misolida o’rganiladi. Maydalanish jarayonida egatchalarning hosil bo’lishi, blastomerlar sonini ortib borishi va blastulaning hosil bo’lish jarayoni jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Lantsetnikda maydalanish bosqichlari albomga chiziladi.

Gastrulyatsiya va o’q organlarining hosil bo’lishi. Gasrulyatsiya jarayoni, xillari va gastrulaning tuzilishi jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Gastrulyatsiya xillari sxemasi va lantsetnikda gastrulyatsiya jarayoni bosqichlari albomga chiziladi.O’q organlarining hosil bo’lishi. Nerv nayi, xorda va haqiqiy ichakning hosil bo’lishi jarayoni shu bilan birga mezodermani hosil bo’lish jarayoni jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Lantsetnikda o’q organ-larning hosil bo’lish xillari sxemasi albomga chiziladi.

Dastlabki organlar va yo’ldosh xillari. Amniotalarda provizor organlar: sariqlik xaltachasi, ammion va seroz parda, allantois, xarionlarning hosil bo’lishi hamda tuzilishi, yo’ldosh xillari jadvallar, atlas va doimiy mikroskopik preparatlar yordamida o’rganiladi. Provizor organlar sxemasi, yo’ldosh xillari va sut emizuvchilarda ikkilamchi xarion vorsinkalarning bachadon devoriga kirib borish sxemasi albomga chiziladi.

Epiteliy to’qimasi. Bir qavatli epiteliy. YAssi kubsimon, tsilindrik va ko’p qatorli epiteliy to’qimalarini morfologik tuzilishi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Ko’p qavatli epiteliy. Muguzlanmaydigan, muguzlanadigan va o’zgaruvchan epiteliy to’qimalarining tuzilishi, qavatlari va bir-biridan farqi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Bezli epiteliy. Bir hujayrali, ko’p hujayrali,oddiy va murakkab hamda endokrin bezlarning morfologik tuzilishi va sekretsiya xillari doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Ichki muhit to’qimalari. Qon. Qonning hujayraviy elementlari: eritrotsitlar, trombotsitlar va leykotsitlarning tuzilishi, odam va baqa qon hujayrasi elementlarining farqlari hamda bazofillar, eozinofillar, neytrofillar doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Asl biriktiruvchi to’qimalar. G’ovak siyrak tolali va maxsus tuzilishga ega biriktiruvchi to’qimalar. G’ovak siyrak tolali biriktiruvchi to’qimaning tuzilishi va tarkibi, mezenxima, retikulyar, yog’, pigment to’qimalarning tuzilishi va tarkibi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Zich tolali biriktiruvchi to’qima, shakllanmagan va shakllangan zich tolali biriktiruvchi to’qima (pay, terining to’rsimon qavati)ning tuzilishi va tarkibi, tolalarning joylashishi va tutash hosil qilishini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganish.



Tog’ay to’qimasi. Tog’ay to’qimasining tuzilishi, tarkibi, izogen gruppalari, xondroblast, xondrotsit, hujayralararo moddasi, tolalari doimiy preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Suyak to’qimasi. Suyak to’qimasining tuzilishi, tarkibi, suyak pardasi, hujayralari (osteoblast, osteotsit va osteoklast), hujayralararo moddasi, tolalari, xillari, (dag’al tolali, plastinkasimon suyak to’qimalari) va suyak to’qimasining hosil bo’lish xillarini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.

Naysimon suyakning tuzilishi, naysimon suyakning diafiz va epifiz qismlari, tashqi umumiy plastinka sistemasi, osteonlar sistemasi, periost, endost, ichki umumiy suyak plastinka sistemasi, falkman va oraliq plastinkalar doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.



Muskul to’qimasi. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi, muskul tolalarini tuzilishi, tarkibi. T—sistemasi (aktin va miozin oqsillari, izotrop va anizotrop zonalari) tuzilishini va muskul qisqarganda aktinomiozin kompleksini hosil bo’lishi doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi .

Yurak va silliq muskul to’qimasi. YUrak muskul to’qimasining tuzilishi va tarkibi, T—sistemasi va ko’ndalang muskul to’qimasidan farqi, silliq muskul to’qimasining o’ziga xos xususiyatlari doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi. Mikroskopda o’rganilgan preparatlar, yurak muskul to’qimasining T—sistemasi sxemasi va silliq muskul to’qimasini qisqarib, bo’shashishi mexanizmi sxemasi albomga chiziladi.

Nerv to’qimasi. Neyron va nerv tolalarining tuzilishi, neyron tuzilishi va tarkibi, neyron xillari, tigroid moddasi, mielinli va mielinsiz nerv tolalari tuzilishi va reflektor yoyni doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganish.

Neyrogliyalar. Mikro- va makrogliyalarning tuzilishi, xillari (ependimogliya, astrogliya, oligodendrogliya, multipotentsial giliya va glial makrofaglar)ning joylashgan o’rni va funktsiyalarini doimiy mikroskopik preparatlar, jadvallar va atlas yordamida o’rganiladi.


Yüklə 199,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə