O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mustaqil talimni tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 199,79 Kb.
səhifə3/3
tarix20.01.2018
ölçüsü199,79 Kb.
#21838
1   2   3

Mustaqil talimni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo’ladi. Bunday ish natijalari laboratoriya mashg’ulotlarida, kollekviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo’yicha tekshiriladi.

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo’lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.

  • o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg’ulotlari hamda laboratoriya mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanilinishi mumkin.

  • o’z –o’zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula yordamida o’z bilimni o’zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi.

  • fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.

  • fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.

  • talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi.

  • faol o’qitish metodidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari. Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo’yicha tayyorlangan faol o’qitish metodlarini (o’yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo’llagan dars mashg’ulotlari.

  • avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlari doirasida ham amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo’llaniladigan OTM larida ham qo’llash mumkin.

  • O’quv rejasidagi ayrim fanlar bo’yicha eksternat.

  • Masofaviy ta’lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

1. Tuxum hujayrasi qobiqlari va uning xillari.

2. Blastula xillari.

3. Baliqlarda gastrulyatsiya.

4. Qushlarda gastrulyatsiya.

5. Sut emizuvchilarda gastrulyatsiya.

6. Sekretsiya xillari va tsikli.

7. Odamda limfa sistemasi.

8. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima.

9. Biriktiruvchi to’qima hujayralararo moddasi.

10. Fibroz membranalar va elastik biriktiruvchi to’qima.

11. Tog’ay to’qimasi regeneratsiyasi.

12. Suyak to’qimasi hosil bo’lishi va tiklanishi.

13. Muskullar regeneratsiyasi.

14. Reflektor yoyi.

15. Nerv oxirlari.


Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Gistologiyani o’qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi:

– zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalardan foydalanish;

– komandalar o’rtasida musobaqa pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

– modul texnologiyasi va o’quv – metodik majmuadan foydalanish;

– talabalarning mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlardan foydalanish;

– talabalar reyting ballarini o’z – o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlash;

– talabalar o’z bilimlarini maxsus matematik formula yordamida baholashi.


Didaktik vositalar

Rangli rasmli jadvallar

Mulyajlar

Hul va quruq preparatlar

Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi

Mikroskoplar

Lupalar

Jarrohlik vannachalar



Petri idishlari

Pintsetlar

Jarrohlik qaychilar

Kompyuter



Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar,

Skelet, Mulyajlar, Ho`l va quruq preparatlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Lantsetlar, Jarrohlik qaychilari.



3-bo’lim. Umurtqasizlar zoologiyasi

Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

Xordalilar tipi

Xordalilar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.
Boshskeletsizlar kenja tipi

Boshskeletsizlar kenja tipi vakillarining umumiy tavsifi. Lantsetnikning tuzilishi va hayot kechirishi. Boshskeletsizlar kenja tipining sistematikasi va filogeniyasi.
Lichinka xordalilar kenja tipi

Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Astsidiyalar sinfi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi va rivojlanishi. Salplar va appendikulyariyalar sinflari.
Umurtqalilar kenja tipi

Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.

To’garak og’izlilar sinfi vakillarining tuzilishi. Miksinalar va minogalar turkumlari vakillarining tarqalishi, hayot kechirishi va ahamiyati.


Baliqlar katta sinfi

Baliqlar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi.

Tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. Tog’ayli baliqlar sinfining sistematikasi. Akulalar va skatlar turkumlari.

Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog’aylilar, shu’la qanotlilar, ikki xil nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari (osyotrsimonlar, seldsimonlar, karpsimonlar, treskasimonlar, cho’rtansimonlar, olabug’asimonlar, kambalasimonlar va boshqa turkumlari).

Baliqlarning ekologiyasi va filogeniyasi. Baliqlarning iqtisodiy ahamiyati. Markaziy Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda ovlanadigan asosiy baliq turlari. Noyob va yo’qolish xavfi ostida turgan baliqlar.


To’rtoyoqlilar katta sinfi. Suvda hamda quruqlikda

yashovchilar sinfi

To’rt oyoqlilar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Amfibiyalar sinfining umumiy tavsifi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi sistematikasi. Dumlilar, oyoqsizlar va dumsizlar turkumlari, asosiy oilalari va ularga mansub turlar.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati.


Sudralib yuruvchilar sinfi

Sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishi.

Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi: xartumboshlilar (tumshuqboshlilar), tangachalilar (kaltakesaklar, xameleonlar, ilonlar), timsohlar va toshbaqalar turkumlari.

Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati.

Qushlar sinfi

Qushlarning umumiy tavsifi. Teri va pat qoplami, skeleti va muskullari, hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemalari, sezgi organlari, ko’payishi va rivojlanishi.

Qushlar sinfining sistematikasi. Pingvinlar, ko’kraktojsizlar va ko’kraktojlilar katta turkumlari. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, lochinsimonlar (kunduzgi yirtqichlar), yapaloqqushlar, tovuqsimonlar, turnalar, baliqchilar, kaptarlar, bulduruqlar, to’tiqushlar, qizilishtonlar, chumchuqsimonlar va boshqa turkumlari.

Qushlar ekologiyasi. Qushlarning tabiiy guruhlari: dasht, o’rmon, tog’, to’qay, suv va suv bo’yi qushlari. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.

Qushlarning tabiatda va inson faoliyatidagi ahamiyati. Ov qushlari. Parrandachalik. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlar va ularni muhofaza qilish.


Sutemizuvchilar sinfi

Sutemizuvchmlarning umumiy tavsifi. Sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi. Teri qoplami, skeleti va muskullari.

Sutemizuvchilarning ichki tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.

Sutemizuvchilar sinfi sistematikasi. Dastlab darrandalar kenja sinfi, ularning tuzilishi, ko’payishi va hayot kechirishining o’ziga xos xususiyatlari.

Haqiqiy darrandalar kenja sinfi. Tuban darrandalar infrasinfi. Xaltali sutemizuvchilar turkumi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi.

Yo’ldoshlilar yoki yuksak darrandalar infrasinfi va ularning asosiy turkumlari: hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, kemiruvchilar, tovushqonsimonlar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar, naytishlilar, xartumlilar, toq tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, qadoqoyoqlilar, primatlar va boshqa turkumlari.

Sutemizuvchilarning ekologiyasi. O’zbekistonda ovlanadigan sutemizuvchilar, O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchilar va ularni muhofaza qilish.

Sutemizuvchilarning inson hayotidagi o’rni, qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasallik tarqatuvchi sutemizuvchilar turlari. Sutemizuvchilarning kelib chiqishi.

Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar umurtqali hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishini, ko’payishi, rivojlanishi, o’kuv vositalari va optik asboblar yordamida o’rganadi, ko’nikma va malakalar hosil qilishadi. Laboratoriya ishlari uchun tavsiya etiladigan mavzular:

Xordalilar tipi. Lichinka xordalilar kenja tipi. Astsidiyaning tashqi va ichki tuzilishi.

Bosh skeletsizlar kenja tipi. Lantsetnikning tashqi va ichki tuzilishi.

Umurtqalilar kenja tipi. To’garak og’izlilar sinfi. Minoga va miksinalarning tashqi tuzilishi.

Daryo minogasining ichki tuzilishi.

Baliqlar katta sinfi. Tog’ayli baliqlar sinfi. Akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi va skeleti.

Suyakli baliqlar sinfi. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi va tana qoplag’ichi.

Zog’ora baliqning skeleti va ichki tuzilishi.

Baliqlarning xilma-xilligini aniqlagichlar asosida o’rganish.

Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi. Ko’l baqasi misolida suvda ham quruqlikda yashovchilarining tashqi tuzilishi.

Ko’l baqasining skeleti va ichki tuzilishi.

Suvda ham quruqlikda yashovchilarning ko’payishi va rivojlanishi. Ayrim vakillarini aniqlagichlar asosida o’rganish.

Sudralib yuruvchilar sinfi. Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti.

Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi.

Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi. Aniqlagichlar asosida sudralib yuruvchilar ayrim vakillarini o’rganish.

Qushlar sinfi. Ko’k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag’ichi.

Ko’k kaptarning skeleti va ichki tuzilishi.

Qush tuxumining tuzilishi. Tuxumlarning xilma-xilligi, qushlarning rivojlanishi, jo’ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Ayrim qush turlarini aniqlagichlar asosida o’rganish.

Sutemizuvchilar sinfi. Quyon misolida sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi, teri qoplami va skeletini o’rganish.

Quyonning ichki tuzilishi.

Sutemizuvchilar ayrim turlarini aniqlagichlar yordamida o’rganish.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


1. Akvarium baliqlari, asosiy turlarini boqish.

2. Akulalar, tuzilishi xususiyatlari, tarqalishi va ahamiyati.

3. Skatlar, tuzilishi, hayot kechirishi va ahamiyati.

4. Baliqchilik, uning iqtisodiy ahamiyati.

5. O’zbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan baliqlarning hayoti va iqktisodiy ahamiyati.

6. O’zbekiston suv havzalarida ovlanadigan baliqlar.

7. Dengiz va okeanlarda baliq ovlash.

8. O’zbekiston suv havzalarining noyob va yo’qolib borayotgan baliqlari.

9. Baliqlarning ko’payishi va nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilishi.

10. O’zbekiston faunasida uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilarning hayoti va ahamiyati.

11. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.

12. O’zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati.

13. Ilonlar, tuzilishi va hayot kechirishining asosiy xususiyatlari.

14. Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti.

15. Timsohlar: tuzilishi va hayot kechirishi, asosiy turlari, tarqalishi.

16.Toshbaqalar tuzilishining asosiy xususiyatlari, turlari, tarqalishi.

17. Qushlar hayotida mavsumiylik, uning sabablari va ahamiyati.

18. Ko’chib yuruvchi qushlar, asosiy turlarining hayoti.

19. O’troq qushlar, asosiy turlarining hayoti.

20. Uchib ketuvchi qushlar, asosiy turlarining hayoti.

21. CHumchuqsimon sayroqi qushlar asosiy turlarining hayoti.

22. Tovuqsimonlar, asosiy turlarining hayoti.

23. Suv qushlari, tuzilishi va hayot kechirishi.

24. Suv bo’yida yashovchi qushlarning tuzilishi va hayot kechirishi.

25. Hasharotxo’r qushlar, ularning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati.

26. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.

27. Yirtqich qushlar, ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati.

28. Noyob va soni kamayib borayotgan qushlar,ularni muhofaza qilish.

29. Qushlarning nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilishi.

30. Tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilarning hayoti.

31. Mushuksimonlar, hayot kechirishi va tarqilishi.

32. Itsimonlar, hayot kechirishi va tarqilishi.

33. Kemiruvchilar, asosiy turlari, ahamiyati.

34. O’zbekiston qo’riqxonalari va ularning noyob hayvonlarni asrab qolish hamda ko’paytirishdagi ahamiyati.

35. Sut emizuvchilarnig kelib chiqishi.

36. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish.

37. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasi.


O’quv – dala amaliyotini tashkil etishning shakli va mazmuni

Zoologiyadan o’quv – dala amaliyoti davomida kunning birinchi yarmida talabalar ekskurtsiya o’tkazib, hayvonlarni kuzatishadi va material yig’ishadi. Kunning ikkinchi yarmida yig’ilgan materiallarni o’rganishadi. O’quv-dala amaliyotida talabalar quyidagi ishlarni bajaradi:


Umurtqalilar zoologiyasidan o’tkaziladigan o’quv-dala amaliyotining maqsadi va vazifalari. Umurtqali hayvonlar ustida kuzatish olib borish metodlari va buning uchun zarur bo’lgan o’quv jixozlari bilan talabalarni tanishtirish.

Ochiq landshaftlarda uchraydigan umurtqali hayvonlarni o’rganish (kunning birinchi yarmida). Ochiq tog’ yonbag’riga yoki tog’-dasht zonasiga ekskursiya uyushtirish, bu zonada uchraydigan hayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, qushlar, kemiruvchilar) hayotini o’rganish va namunalar yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarni saralash, aniqlash va etiketka yozish. Ho’l preparatlar tayyorlashni o’rganish.

Tog’ o’rmon umurtqali hayvonlari hayotini kuzatish (kunning birinchi yarmida). Mevali va yong’oqzor tog’ o’rmoni zonasiga ekskursiya uyushtirish. O’rmon hayvonlari (qushlar) ning kun davomida aktivligi va yashash muhitiga moslanish xususiyatlarini o’rganish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan va kuzatilgan materiallarni saralash va xulosalash. Aniqlovchi kitoblar yordamida yig’ilgan va zahirada saqlanayotgan materiallarni aniqlash. Hayvonlarni yorib, ichki organlarini joylashishini o’rganish.

Suv havzasi va suv bo’yi hayvonlarini o’rganish (kunning birinchi yarmida). Suv havzasi va suv bo’yiga ekskursiya uyushtirish. Hayvonlar (baliqlar, qurbaqa va baqalar) dan namunalar yig’ish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarin saralash, o’lchash, morfometrik ko’rsatkichlarni aniqlash, baliqni yorib ko’rish va ichki tuzilishini o’rganish.

Madaniy landshaft umurtqalilari hayotini o’rganish (kunning birinchi yarmi). Bog’, dala va ekinzorlarda tarqalgan hayvonlarning hayoti ustida kuzatish olib borish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Yig’ilgan materiallarni saralash, aniqlash. Baqani yorib, ichki organalarini o’rganish.

Umurtqalilar ustidan mustaqil kuzatish olib borish (kunning birinchi yarmida). Daraxt yoki binolar bug’otiga qurilgan qushlar uyasini topib, kushlarning tuxum bosishi, jo’ja boqishi yoki uya qurishi, qushlar uyalarining shakli, tuzilishi, joylashgan o’rni ustida kuzatish olib borish.

Laboratoriya mashg’uloti (kunning ikkinchi yarmida). Kuzatishlar natijasini xulosalash. O’quv – dala amaliyoti haqida hisobot yozish va amaliyotni yakunlab, talabalarni baholash.





Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Zoologiyani o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.

– «Tuban xordalilar»ga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalaridan foydalaniladi;

– «Qushlarning ko’payishi», «Qushlarning kelib chiqishi» mavzularini o’rganishda komandalar baxsi musobaqa darsi pedagogik texnologiyasidan foydalaniladi;

–zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlarida modul texnologiyasi va o’quv – metodik majmuadan faydalaniladi;

– talabalar mustaqil o’qishi va ishlashini tashkil etishda ko’p tanlov javobli topshiriqlaridan foydalaniladi;

– talabalar reyting ballari o’z – o’zini baholash texnologiyasi asosida aniqlanadi;

– talabalar o’z bilimlarini maxsus matematik formula yordamida baholashadi.


Didaktik vositalar

Rangli rasmli jadvallar

Mulyajlar

Laboratoriya o`quv – metodik majmuasi

Mikroskoplar

Lupalar


Jarrohlik vannachalar

Petri idishlari

Jarrohlik qaychilar

Kompyuter



Jihozlar va uskunalar, moslamalar: Rangli rasmli jadvallar,

Skelet, Mulyajlar, Jarrohlik vannachalar, Petri idishlari, Pintsetlar, Jarrohlik qaychilari.


Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar


  1. Mavlyanov.O., Xurramov.SH., “Umurtqasizlar zoologiyasi”.Oliy o‘quv yurti talabalari uchun qo‘llanma., T, “Mexnat”, 1998.( INV-U-5704)

  2. Mavlyanov.O., Xurramov.SH., Eshova.X.,“Umurtqasizlar zoologiyasi”.Oliy o‘quv yurti talabalari uchun qo‘llanma., T “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti.T.2006.(INV-U-6362)

  3. Mavlyanov.O., Xurramov.SH., Norboev.Z.,“Umurtqasizlar zoologiyasi”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik.T. “O‘zbekiston” , 2002.(INV-U-5857)

  4. Qulmamatov.A. “Umurtqasiz hayvonlar zooologiyasidan dala amaliyoti”. O‘quv qo‘llanma.T. “O‘qituvchi”2004.(INV-U-6048)

  5. Mo‘minov.V.A.,Eshova.X.S., Raximov.M.SH. “Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar. Oliy o‘quv yurtlarining biologiya fakulteti uchun o‘quv qo‘llanma.T.2005.( INV-011608)

6. Dadaev S.,Saparov Q. Zoologiya. T.,“Cho‘lpon nashriyoti”. 2011.

(INV-U- 7186).

7. Dadaev S., To’ychiev S., Haydarova P. Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari. O’quv ko’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti . T., 2006., (INV-011608).

8. Dadayev S., Mavlonov O. Zoologiya. Pedagogika oliy o’quv yurtlari Agronomiya”, “Kimyo va ekologiya” ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun darslik. “IQTISOD-MOLIYA”2008.- 2006. (INV-6814).

9. Laxanov J.L. Umurtqalilar zoologiyasi: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.-T.: «O’AJBNT» markazi, 2005. (INV-U-6458).

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.

1. To‘ychiev.S., Toshmonov.N., “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”.T. 2005 y. (INV-6388)

2. To‘ychiev.S., Toshmonov.N., Fayzullaev.S., “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”.T. 2004 y. (INV-6576)

3. Абдураҳманов.Г.М., Лопатин И.К.,Исмоилов.Ш. “Основы зоологии и зоогеографии”. Учебник.М.,2002. (ИНВ-918054)

4. Потапов.И.Л “Зоология с основамы экологии животных”. Учебные пособие. М., «Академия. 2001». (ИНВ-5856)



Elektron ta’lim resurslari

  1. www.tdpu.uz

  2. www.pedagog.uz

  3. www.physiology.ru/handbooks.html

  4. www.curator.ru/e-books/b22.html




Yüklə 199,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə