O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Lazer nurlanishining qutblanganligi



Yüklə 301 Kb.
səhifə4/5
tarix20.05.2022
ölçüsü301 Kb.
#87485
1   2   3   4   5
2 5460717588747129624

Lazer nurlanishining qutblanganligi

Lazer nurlanishining qutblanganligi elektromagnit to‘l-qinida elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalganligini xarakterlaydi. Agarda yorug‘lik dastasining har-bir nuqtasida elektr maydon kuchlanganlik vektori nurlanish tarqalish yo‘nalishiga ko‘ndalang tekislikda bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tebransa, bunday nurlanishni chiziqli yoki yassi qutblangan nurlanish deyiladi. Qutblanish tekisliklari o‘zaro ko‘ndalang, fazalar farqi o‘zgarmas kattalikga ega bo‘lgan ikki chiziqli qutblangan nurlanishlarning yig‘indisi elliptik qutblangan nurlanishni beradi.


Agarda qutblanish tekisliklari o‘zaro perpendikulyar va fazalar farqi 2 yoki 32 ga teng bo‘lgan ikkita chiziqli qutblangan nurlanishning yig‘indisi doiraviy qutblangan nurlanishni hosil qiladi. Agarda yorug‘lik qutblanmagan bo‘lsa, elektromagnit to‘lqin-ning elektr maydon vektori uning tarqalishiga ko‘ndalang tekislikda tasodifiy yo‘nalishlarda tebranishi mumkin. Zarraning yuqori energetik sathdan quyi energetik sathga spontan o‘tishida hosil bo‘lgan yorug‘lik kvantining qutblanish har qanday ixtiyoriy yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. SHu spontan yorug‘lik kvanti ta’sirida hosil bo‘lgan majburiy yorug‘lik kvantining qutblanishi ham uni majburlovchi spontan yorug‘lik kvantining qutblanishdek bo‘ladi. SHuning uchun chiziqli qutblangan yorug‘lik nurlanishini olish uchun lazerning optik rezonator ichiga elektromagnit tebranishlarning elektr maydan kuchlanganlik vektorini ma’lum berilgan tekislik-dagi tebranishlarini o‘tkazuvchi optik element, ya’ni qutblantirgich kiritiladi. Agarda optik rezonator ichida chiziqli qutblantiruvchi optik element bo‘lmay, lazerdan qutblanmagan nurlanish chiqayotgan bo‘lsa, u holda nurlanish yo‘liga undan kerakli turdagi qutblanishli nurlanishni hosil qiluvchi maxsus optik elementlar qo‘yilishi mumkin.
Ko‘pincha amaliyotda qutblangan nurlanishni olish uchun, elektromagnit nurlanishni sindirish ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lgan ikki muhim chegarasidan aks etishidagi va o‘tishidagi xodisalardan foydalaniladi. qutblangan yorug‘lik nurlanishini olishning eng ko‘p




tarqalgan usullaridan biri, ya’ni yorug‘lik to‘lqinini (nurlanishini) gazli va qattiq muhit chegarasidan o‘tishida qutblantirish usuli 2-rasmda ko‘rsatilgan. Ikki muhit chegarasiga tushayotgan yorug‘lik to‘lqinining ixtiyoriy ravishda joylashgan elektr maydon kuchlanganlik vektorini ikki o‘zaro perpendikulyar ravishda joylashgan tashkil etuvchilarga (2-rasm) S-tashkil etuvchi ( vektr rasm tekisligiga perpendikulyar) va R-tashkil etuvchi (vektr rasm tekisligida yotibdi) larga ajratish mumkin. 2-rasmda keltirilgan bog‘lanishlardan ko‘rinib turibdiki, qutiblanish turlicha bo‘lgan nurlanishlarning ikki muhit chegarasiga tushishi 1 burchagining 1 o‘zgarishiga qarab, aks etish koeffitsienti turlicha bo‘lishi mumkin ekan. 2-rasmdan yana shu narsa ko‘rinib turibdiki, agar yorug‘lik nurlanishi ikki muhit chegarasiga Bryuster burchagi B ostida tgBn0 (bu erda n0-qattiq jismning sindirish ko‘rsatkichi) shart bajarilgan holda tushayotgan bo‘lsa, qutblanishning R tashkil etuvchisi uchun aks etish koeffitsienti nolga teng bo‘ladi. YOrug‘lik nurlanishining ikki muhit chegarasiga tushish 1 va sinish 2 burchaklari o‘zaro sin1sin2n0 qonun bilan bog‘langanligi uchun tushish burchagi Bryuster burchagiga teng bo‘lgan holda aks etgan va singan nurlanishlar orasidagi burchak 900 teng bo‘ladi. Bu holda aks etgan nurlanishda qutblanishning R tashkil etuvchisi bo‘lmaydi. Buning fizik sababi quyidagicha aks etgan nurlanishni beruvchi ikkilamchi manba vazifasini bajaruvchi qattiq jismdagi elektr dipollar o‘zlarining tebranish yo‘nalishlarida elektromagnit to‘lqin tarqatmaydilar. SHuning uchun ikki muhit chegarasidan aks etgan nurlanishda elektr maydon kuchlanganligining tebranishlarining faqat S tashkil etuvchilari bo‘ladi. Gazli lazerlarda chiziqli qutblangan nurlanish olish uchun razryad nayining chetlari, (faol muhitning chegaralari) uning o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan nurlanish uchun Bryuster burchagi ostida joylashgan shisha plastinkalar bilan yopiladi. Bunda bu shisha plastinkadan o‘tayotgan yorug‘lik nurlanishi elektr maydon kuchlanganligi tebranishning R tashkil etuvchisi S tashkil etuvchisiga nisbatan kam susayadi va shuning uchun yorug‘lik nurlanishning optik rezonator ko‘zgulari orasida ko‘plab marta tebranish natijasida Bryuster burchagi ostida qo‘yilgan plastinkadan ham ko‘plab marta o‘tadi. Bu hol lazer nurlanishining elektr maydoni vektorining tebranishlarining R tashkil etuvchisidagi yorug‘lik intensivligining keskin ortishiga va S tashkil etuvchisining intensivligining keskin kamayishiga olib keladi. SHu jarayon natijasida Bryuster burchagi ostida qo‘yilgan plastinkalar bilan chegaralangan razryad nayli gazli lazerlarning nurlanishlari to‘la chiziqli qutblangan bo‘ladi.

XULOSA

Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan yutuqlaridan biri bo‘lib, yaratilishining boshlanishi 1916 yilga borib taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‘lib, majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‘l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‘rsatdi.


Uyg`ongan holatda atom yoki molekula ma’lum muddat yashaydi, so`ng birdaniga asosiy yoki quyiroq uyg`ongan holatga o`tib, o`tish tashqi ta’sirsiz, ya’ni o`z o`zidan sodir bo`lsa vujudga kelgan nurlanishni spontan nurlanish,tizim quyiroq energetik holatga biror tashqi ta’sir tufayli majburan o`tishi majburiy nurlanish yoki induksiyalangan nurlanish deb nomlanadi.Lazerlarningishlash prinsipida faol moddaning atom tuzili-shi juda muhimdir. Muhit atomlarining qo’zg’algan (g’alayonlangan) holatida, metastabil holatida yoki g’alayonlangan holatda “uzoq vaqt turish” hususiyati bo’lishi zarur. Atomlar o’z tuzilishiga qarab biror “turtki”siz sekund metastabil holatda bo’ladilar. Oddiy muhitdan yorug’lik o’tsa u yutiladi va intensivligi kamayadi. faol muhitda esa yorug’lik tarqalishida u kuchayishi va intensivligini ortishi kuzatiladi. Bunday muhitlarfaol yoki zarralarning energetik sathlar bo’yicha inversli (teskari) muhit deyiladi. Optik kvant generatori (OKG) yoki lazer faol muhit, qo’zg’atuvchi (tebrantiruvchi) qurilma va rezonatordan iborat bo’ladi.



Yüklə 301 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə