O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə105/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Kirish bosqichi xususiyatlari kam mahsulot chiqadi (yarim quvvat), yuqori tannarx (texnologiya hali to‘liq emas), realizatsiya kam.
Qilinishi kerak – qiziqtiruvchi marketing taktikasi (joy, vaqt, narx, promotion-siljitish), tovar kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini oshirish) kerak.

  1. O‘sish bosqichi. Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa, u holda tovarni sotish katta darajada ortadi. Chunki yangi tovarlarni takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko‘p sonli boshqa xaridorlar qo‘shiladi. Bu bosqichda tovar ishlab chiqarish texnologiyasini takomil- lashtirish hisobiga tovar sifatining barqarorligiga erishiladi. Bu bosqich-

da korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o‘sib boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi. Korxona bu bosqichning uzoqroq davom etishidan manfaatdor, shuning uchun ham u butun harakatlarini sotish hajmining o‘sishiga qaratishi kerak bo‘ladi. Bu yerda marketingning asosiy vazifasi – tovar sifatini oshirish, bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirish, mazkur tovarni sotishning qamrab olinmagan kanallarini topish, iste’molchilarni tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida ishonarli reklama ishlarini tashkil etish kabi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
O‘sish bosqichi xususiyatlari ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la quvvat), kam tannarx (texnologiya mukammal egallangan), realizatsiya o‘sadi, sifat oshgan.
Qilinishi kerak - agressiv marketing (tovar xususiyatlarini tanish- tirish), tovarni zamonaviylashtirish (mukammallashtirish), ommaviy sotish (realizatsiya tarmoqlari orqali) kerak.

  1. Yetuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda tako- millashgan texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan tovarlarning zaxiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar tovarlarni ko‘proq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tar- moqda faqat mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi. Marketing xizmati tovarning hayotiylik davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak bo‘ladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə