O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə111/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar.
Ularga:

  • Talab asosida shakllanadigan

  • Taklif asosida shakllanadigan

  • Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi.

Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartiri- lishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).
Bozor narxi – oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda qo‘llanuvchi baholar.
Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu tarifdan foydalanadilar.
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi: Boshqariladigan narxlar bu – darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar).
Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Xarid qilish - sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifoda- lanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə